Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » Roʼyxatga olish ishlari ikki xil usulda oʼtkaziladi

Roʼyxatga olish ishlari ikki xil usulda oʼtkaziladi

18 октябрь 2021 йил
30
0

Qaror bilan belgilangan Shaxsga doir maʼlumotlarni yigʼish tartibiga koʼra, roʼyxatga olish ishlari ikki xil usulda —qogʼoz shakli hamda internet tarmogʼi orqali amalga oshiriladi.

Birinchi usulda roʼyxatga oluvchi xodimlar uyma-uy yurib, soʼrov oʼtkazadi va savollardan iborat varaqani respondentlarning soʼzlari asosida toʼldiradi. Bunda roʼyxatga olish ishlari besh xil shakldagi soʼrovnomalar—turar joyning xususiyatlari va unda yashovchilar roʼyxati, shaxsga oid savolnoma, Oʼzbekiston Respublikasiga vaqtincha kelgan chet el fuqarolari uchun savolnoma, aholining ayrim toifalariga nisbatan shaxsga doir maʼlumotlarni yigʼish boʼyicha savolnoma hamda vaqtincha turgan joyi boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslar uchun nazorat varaqasi berish asosida oʼtkaziladi.

Soʼrovnomalar asosiy demografik koʼrsatkichlar, aholining mexanik harakati, migratsiyasi, milliy xususiyatlari, fuqaroligi, taʼlim darajasi, uy xoʼjaligi aʼzolarining iqtisodiy holati, bolalar soniga oid savollardan iborat boʼladi. Yashab turgan xonadonida roʼyxatdan oʼtishni istamagan respondentlar uchun roʼyxatga olish soʼrovnomalarini toʼldirish ularning oʼzlari yashab turgan mahallalarda tashkil etiladigan instruktorlik uchastkalarida amalga oshiriladi. Respondentlar tomonidan taqdim etilgan shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligi va ularning mazmuni oshkor etilmasligi roʼyxatga oluvchi tomonidan kafolatlanadi.

Ikkinchi usulda respondentlarga qulaylik yaratish maqsadida internet jahon axborot tarmogʼi orqali roʼyxatdan oʼtish imkoniyati yaratiladi. Bunda soʼrovnomalar aholining oʼzi tomonidan maxsus dastur orqali toʼldirilib, belgilangan elektron manzilga joʼnatiladi.

Mirzacho’l tuman statistika boʼlimi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар