Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » O‘zbek tilidagi qo‘llanma BMT Evropa iqtisodiy komissiyasining veb-saytida

O‘zbek tilidagi qo‘llanma BMT Evropa iqtisodiy komissiyasining veb-saytida

19 ноябрь 2021 йил
22
0

Mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari dunyo mamlakatlari shuningdek, xalqaro tashkilotlarning ham diqqat markazida bo‘lib kelyapti. Mazkur masala bo‘yicha BMTning Evropa iqtisodiy komissiyasi, Aholishunoslik jamg‘armasi, MDH davlatlararo Statistika qo‘mitasi kabi bir qator nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularning taklif va tavsiyalari inobatga olinmoqda.

Dunyo mamlakatlariga aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishni rejalashtirish va uni o‘tkazishda yordam ko‘rsatish maqsadida  BMTning  Evropa iqtisodiy komissiyasi, Evropa ittifoqining statistika xizmati  va bir qator a’zo davlatlar ishtirokida tayyorlangan “Evropa statistiklari konferensiyasining 2020 yil raundida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish bo‘yicha tavsiyalari” nomli qo‘llanma BMT Aholishunoslik jamg‘armasining  texnik ko‘magi asosida Davlat statistika qo‘mitasining mutaxassislari tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda dunyoda 200 dan ortiq davlat bshlib, BMTning  Evropa iqtisodiy komissiyasining rasmiy veb-saytida mazkur qo‘llanmaning faqat ingliz, fransuz va rus tillaridagi talqinlari (tarjimalari joylashtirilgan xolos). Uning ilk marotaba o‘zbek tiliga tarjima qilinishi va BMTning  Evropa iqtisodiy komissiyasining rasmiy veb-saytida joylashtirilishi yangi O‘zbekistondagi islohotlarning , xususan aholini ro‘yxatga olish tadbirini  o‘tkazish uchun ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlarining dunyo hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuksak baholanayotganligi va tan oliniyotganligidan dalolat beradi.

YAna bir muhim jihati, o‘zbekcha qo‘llanmaning BMTning  Evropa iqtisodiy komissiyasining rasmiy veb-saytida jahon tillaridagi talqini bilan yonma-yon turishi esa har birimizga g‘urur bag‘ishlab, ona tilimizning dunyodagi mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. SHuningdek, ushbu tavsiyalar mamlakatimizda aholini ro‘yxatga olishni  o‘tkazishga tayyorgarlik jarayonlarida ishtirok etuvchilarning  bilimini oshirib, tadbirning sifatli o‘tkazilishida muhim rol uynaydi.

 

            Mirzacho’l tuman statistika bo’limi

yetakchi mutaxassisi M.Eshaliyev

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish natijalari  nima beradi?
27 сентябрь 2021, Понедельник
Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish natijalari nima beradi?
Ilg‘or mamlakatlar hamkorlik qilishga tayyor
24 август 2021, Вторник
Ilg‘or mamlakatlar hamkorlik qilishga tayyor
Ro‘yxatga olish qanday amalga oshiriladi?
17 август 2021, Вторник
Ro‘yxatga olish qanday amalga oshiriladi?
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар