Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » Ro‘yxatga olishni o‘tkazishga jalb qilingan xodimlar va ularning toifalari

Ro‘yxatga olishni o‘tkazishga jalb qilingan xodimlar va ularning toifalari

05 апрель 2022 йил
36
0

 

Respublika darajasida — respublika komissiyasi tarkibiga kiritilgan vazirlik va idoralar, Qo‘mita markaziy apparati hamda Qo‘mita huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti xodimlari;

hududiy darajada — hududiy komissiyalar a’zolari, hududiy statistika boshqarmalari xodimlari hamda shartnoma asosida vaqtincha jalb etiladigan birlamchi ma’lumotlarni elektron bazaga kiritish markazlari xodimlari;

tumanlar (shaharlar)da — tuman va shahar statistika bo‘limlari xodimlari va shartnoma asosida vaqtincha jalb etiladigan tuman va shahar ro‘yxatga olish bo‘limlari hamda ro‘yxatga olish uchastkasi, instruktorlik va hisob uchastkalari xodimlari.

Normativ-huquqiy hujjatlar, qo‘llanma va ma’lumotnoma hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish, aholini ro‘yxatga olishni moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlashda hisob-kitoblarni tayyorlash uchun qo‘shimcha ravishda shartnoma asosida mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari aholini ro‘yxatga olish uchun jalb etiladigan shaxslarni belgilangan talablar asosida tanlab oladi va ro‘yxatini shakllantiradi.

Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga jalb etiladigan shaxslar ro‘yxati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi hududiy komissiyalar tomonidan tasdiqlanadi.

Aholining ayrim toifalariga nisbatan shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish jarayonlariga vaqtincha jalb etiladigan shaxslar ro‘yxati tegishli tashkilotlar rahbarlari tomonidan shakllantiriladi.

Ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida Qo‘mitaning hududiy statistika organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududi shartli ravishda uy-joy ro‘yxatini tuzish uchastkalariga bo‘linadi, bunda uchastka chegaralari o‘rtacha 750 ta uy-joyni qamrab oladi.

Uy-joylar ro‘yxatini tuzuvchilar sonini shakllantirishda ko‘zda tutilmagan holatlarni (betoblik, baxtsiz hodisalar, yuklatilgan vazifalarni to‘liq bajarmaslik va boshqalar) hisobga olgan holda asosiy tarkibga qo‘shimcha ravishda ish haqi to‘lanmagan holda 5 foiz miqdorida zaxira kadrlar shakllantiriladi.

Har bir uy-joy ro‘yxatini tuzish uchastkalariga uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilar biriktiriladi. Uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilar faoliyatini tuman ro‘yxatga olish bo‘limi boshlig‘i nazorat qiladi.

Uy-joylar ro‘yxatini tuzuvchilar 2022 yil 1 avgustdan 1 sentyabrgacha bo‘lgan davrda maxsus o‘qitiladi hamda bino va uy-joylar ro‘yxatini tuzish uchun jalb etiladi.

Uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilar o‘z uchastkasini xatlovdan o‘tkazish davomida respondentlar yashaydigan (vaqtincha bo‘lib turgan) yoki yashashi mumkin bo‘lgan barcha binolar ro‘yxatini aniqlaydi, kartografik materiallarni tekshiradi, ularga tegishli belgi qo‘yadi va zarur hollarda o‘zgartirishlar kiritish uchun kadastr idoralariga taqdim etadi.

Uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilarni statistika organlari, uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari, kadastr idoralari va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari orasidan tanlab olish tuman va shahar hokimliklari tomonidan hududiy statistika organlari bilan birgalikda shartnoma asosida amalga oshiriladi.

                                                                                                  Mirzacho’l tuman statistika bo’limi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар