Сайт тест режимида ишламоқда.
Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » Xalqaro qizlar kuniga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazildi

Xalqaro qizlar kuniga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazildi

11 октябрь 2020 йил
36
0

 2020-yilning 9-12-oktyabr kunlari Mirzacho`l tumanidagi barcha Xalq ta`limi bo`limiga qarashli umumta`lim maktablarida 11 oktyabr kuni - Xalqaro qizlar kuniga bag'ishlangan turli uchrashuvlar, seminarlar, tadbirlar oʻtkazildi.

Tadbirda 2012-yildan beri har yilning 11-oktyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan Xalqaro qizlar kuni etib belgilanganligi, undan koʻzlangan maqsad – turli mamlakatlarda qizlarning kamsitilishi muammosiga jahon hamjamiyati eʼtiborini jalb qilishdan iboratligi, qizlarning taʼlim olishi, ijtimoiy va siyosiy huquqlardan, tibbiy xizmatdan foydalanishiga imkon berish uchun dunyo ahlining saʼy-harakatlarini birlashtirish ham bu sananing mohiyatini tashkil etishi ta`kidlab o`tildi.

 Bugungi kunda mamlakatimizda qizlarimizning salomatligini mustahkamlash, ularning toʻlaqonli taʼlim olishlari, oʻzlari qiziqqan kasb-hunarga ega boʻlishlari, qobiliyatlarini roʻyobga chiqarishlari, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Xususan, sogʻliqni saqlash sohasida qizlarni bolalikdanoq sogʻlom oʻsishlarini taʼminlash, ularning tibbiy savodxonligini oshirish borasida izchil choralar koʻrilmoqda.

Taʼlim sohasida ham qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor berilmoqda. Xususan, joriy yilda ular uchun oliy oʻquv yurtlarida maxsus qoʻshimcha qabul kvotalari joriy etildi. Bilimga intilgan yoshlar, shu jumladan qizlarga oliy maʼlumot olish imkonini berish maqsadida 2019/2020 oʻquv yilida 59 ta oliy oʻquv yurtida sirtqi kurslar faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Bu ayniqsa qishloq qizlari va ayollari uchun juda muhim imkoniyat boʻldi. 

Shuningdek, qizlarimizni erta turmush bilan bogʻliq muammolardan asrash maqsadida nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun teng – 18 yosh deb belgilandi. Umuman, Oʻzbekistonda xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilib, bu yoʻnalishdagi muntazam monitoring olib borilmoqda. Buning natijasida soʻnggi yillarda turli darajadagi davlat mukofoti sovrindorlari boʻlgan xotin-qizlar soni 2 ming 224 nafarga yetdi.

Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan 339 nafar xotin-qizning 10 nafari hokimiyat tizimida, 30 nafari turli vazirlik, idora va tashkilotlarda, 70 nafari taʼlim tizimidagi boshqaruv apparatida faoliyat olib bormoqda.

 

 Tadbirlarda bu va boshqa yutuqlar haqida soʻz yuritilar ekan, mavjud sharoit va imkoniyatlardan oqilona foydalanish qizlarning oʻzlariga ham bogʻliq ekanligi alohida taʼkidlab oʻtildi. Shu jihatdan tadbir ishtirokchilari yoshlarni intiluvchan va tashabbuskor boʻlishga, doimo oʻz ustida ishlab, ilm olishga, yangi kasblarni egallashga chaqirdilar. Bu borada olib borilayotgan ishlarni yana-da takomillashtirish boʻyicha takliflar bildirildi.

Maktablarda 11-oktabr "Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan davra suhbatlarida Maxalla va oilani qo`llab quvvatlash tuman bo`limi boshlig`i o'rinbosari D.Mavlonova ishtirok etib, faol o'quvchi qizlarni sovg'alar bilan taqdirladi.

Tuman hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар