Сайт тест режимида ишламоқда.
Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » Yoshlarimizda vatanparvarlik, yurtparvarlik tuyg’ulari kuchaytirildi.

Yoshlarimizda vatanparvarlik, yurtparvarlik tuyg’ulari kuchaytirildi.

30 декабрь 2020 йил
37
0

   Yurtimizda barcha joylarda bo`lgani kabi, tumanimizda ham "Kim Vatanga sodiq bo’lsa, mendirman o’sha" shiori ostida vatanparvarlik oyligi boshlandi va u yangi yilning 15 yanvariga qadar davom etadi. 

   O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini munosib kutib olish va uni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash, aholining milliy armiyamizdan faxrlanish va unga bo’lgan ishonch hissini oshirish maqsadida o’tkazilayotgan mazkur vatanparvarlik oyligi boshlanishi munosabati bilan mana 16 dekabrdan buyon tumanimizda karantin qoidalariga amal qilgan holda turli loyihalar, turli qiziqarli, mazmunga boy tadbirlar tashkillashtirilib kelinmoqda.

Yurtimizda xalq va armiya yakdilligi tobora mustahkamlanayotganligi quvonarlidir. Har yili an’anaviy tarzda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularga harbiy texnikalar va qurol-aslahalar ko‘rgazmasini namoyish etish orqali milliy armiyamiz kuch-qudrati haqida tasavvurlarini boyitishga alohida e’tibor qaratiladi. Bu ertamiz davomchilarida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasizdir.

Tumanimizdagi 18-umumta`lim maktabida "Kim Vatanga sodiq bo'lsa mendirman o'sha" shiori ostida sportning futbol, voleybol, tennis musobaqalari o'tkazildi. Unda 9258 harbiy okrugi jamoalari 18, 20 maktablar jamoalari qatnashdilar. Tadbirda shu yilning 16 dekabridan 2021 yilning 15 yanvariga qadar “Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!” degan ustuvor g‘oya ostida o‘tkazilayotgan "Harbiy vatanparvarlik oyligi"ning asosiy maqsad va vazifalari, mamlakatimizda harbiylar, sportchi yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va ularning samaralari haqida so`z yuritildi.

 

 

 

 

 

 

Tadbir g`olib jamoalari va faol ishtirokchilar tadbir tashkilotchilari tomonidan rag`batlantirildi. Mana shunday tadbirlar yoshlarimizda vatanparvarlik, yurtparvarlik tuyg’ularini shakllantirish, ularni ona Vatanga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalashda, yurtimizda tinchlikni, osoyishtalikni saqlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni aholiga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mirzacho`l tumani hokimligi Axborot xizmati.


скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар