Сайт тест режимида ишламоқда.
Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44

"Gulzor"ga suv boradimi!?

14 июнь 2020 йил
68
0

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yusasidan aniqlashtirish vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida yakshanba tongida Gulzor qishloq fuqarolar yig`ini tomon yo`lga tushdik. Chorraxadan taksi mashinasiga o`tirar ekanman, hadeganda odam chiqavermadi qishloq tomon. Uyda birtalay yumushlarim kutib turganligi uchun bitta yo`lovchi kelgandan besabrlik bilan yo`lga tushdim, qolaversa voqea tavsiloti ichimni qizdirardi. Ko`z oldimga suvsizlikdan azob chekayotgan insonlar, qarilar, yoshlar, ayollar, bolalar gavdalanardi. Yo`l bo`yi jim ketdik, chor atrofga qarab oynadan tomosha qilib ketarkanman, yam yashil dalalar, yozning iliq taftidan hansirayotganday ko`rinardi. Paykallarda bir tekis taralgan g`ozalar, osmon bilan bo`ylashmoqchi bo`layotgan chol daraxtlari, gavjum gavjum uyulib qolgan butalar, qator  qator ketgan qishloqlar uylarini ortda qoldirib mashina tumanning eng chekka, olis, kamqatnov aholi turar joyi tomon oshiqardi.

-Opa o`zi bu tomonlarga nega yo`lingiz tushdi,-bittagina yo`lovchi O`zbekiston  qishloq fuqarolar yig`inida tushib qolgach, so`rashga botindi haydovchi.

-Ha shu ichimlik suvi masalasida ozgina muammo chiqqan ekan, shuni bir o`rganib ketay deb….

-Ha umi, gapimni tugatmasimdan ilib ketdi haydovchi uka, men O`zbekiston qishlog`idanman, rostanam ichingiz achiydida, videoni aytayapsizda, hamma ko`rdiku, rosa boplabdi, o`zlarini o`zlari chiqarmasa hech kim bilmaydida, biz har kuni shu tomon yo`limiz tushsa eshak aravalarda, bachoklarda, chelaklarda izbirdan suv tashiyotgan qizlarni, ayollarni, bolalarni ko`ramiz.

-Ular shu suvni ichishga tashiydimi,-issiqdan yutinib so`radim men, izbirning sho`r suvini ko`z oldimga keltirib.

-Yo`q ular bu suvni yuvishga, chayishga, mol hollariga tashiydi, ichimlik suvi kunda kunora katta yuk shestrnalarda ququqlariga quyib ketiladi menimcha, bochkalar, chelaklarini bor idishlarini to`ldirib qolishadi. Uni isrof qilmaylik deb tashishadida, bu suv degani doimo kerak bol`sa ko`p narsaga, tozalikka, ozodalikka.  

Shu yerda ko`zlangan manzilga yetib kelib qolib gapimiz bo`lindi.  Mashinadan tusharkanman qishloq ko`chasi bo`ylab yura boshladim, bu yerda hech kimni tanimaganim uchun qishloq fuqarolar yig`ini binosi oldiga beixtiyor  kelib tushdim. Shu yerda Jizzax viloyat Suvoqava DUK Mirzacho`l tuman filiali boshlig`I Siroj Botirov va bizni kutib olgan “Gulzor” qishloq fuqarolar yig`inining oila, xotin-qizlar va ma`naviy-ma`rifiy masalalar  bo`yicha o`rinbosari Dilbar Shamsiddinova, hamda bir nechta qishloqning fidoiy, faollari biln suhbatimiz davom etdi. Qishloq fuqarolar yig`ini raisni zarur ish bilan bir joyga ketgan deyishdi.

-Bir yil oldin qishlog`imiz suv ta`minoti uchun ekinlarga, mol holga, tomorqaga deya “Katlavan” suv nasos stansiyasi ochilgan edi. Lekin biroz vaqt oldin shu nasos stansiyasidan keladigan suv bosimi ko`payib, 3-4 ta lotoklar ag`anab, suv oqimi to`xtab qoldi. Shu sababli axoli mol holi, yuvish, chayishi, ekin tikini uchun lotokdagi suv yo`nalishi vaqtincha izbirosga haydalgan. Axolimiz mollarini sug`orish, yuvish, chayish maqsadlarida zarillikdan foydalanyapti bu suvdan. Ichimlik suvi esa 25 tonnalik  maxsus suv tashuvchi transport vositalar yordamida uzluksiz tashib keltirilayapti, hatto 2, 3 safar bu mashina buzilib qolganda, Arnasoy tumanidan, Jizzax shaxridan  jalb etilgan boshqa transportlar kelib, axoliga suv tarqatib ketdi, ba`zida texnikaga bo`liq uzilishlarni hisobga olmasa…,- dedi qishloq fuqarolar yig`ini rais o`rinbosari Dilbar Shamsiddinova.

-Ha,- uning gapini ilib ketdi Suvoqava DUK Mirzacho`l tuman filiali boshlig`I Siroj Botirov  bir kunda 2 marta, faqat  yakshanba kuni 1 marta maxsus suv tashuvchi transportlarga suv to`ldirib, o`zim bosh bo`lib, tayinlab qishloqqa jo`natyapman, yoqilg`isigacha quyib berib, hatto tashkilotimiz qarzga kirib ketayotgan bo`lsa ham axolida hozirgi karantin davrida suv tanqisligidan qiynalmasligi uchun qo`limizdan kelgan bor choralarni qilyapmiz, qancha uzluksiz ichimlik suvi bilan ta`minlanmagan xududlarga suv yetkazib berish uchun xodimlarimiz tinimsiz mehnatda.

-Unda muammoning kelib chiqish sababi nimada,-oqsoqollarga yuzlandim men.

-Avvalo axolimiz ogohlantirilgan, lotoklar ag`anaganda, remont bitgandan keyin suv yana qaytguncha vaqtincha mol hollaringga izbirosdan ishlatib turinglar deb, bu lotoklar juda eski lotoklar, yillar davomida suv yuvaverib, suv oqaverib, tagidagi simlarigacha ko`rinib, hilbirab, yupqalashib, vaqt g`ildiragida charxpalakday aylanib yotgan bu suv yo`rg`alari xizmatini o`tab bo`lay deb qolgan. Mana remont ishlari ham yakunlanib qoldi. Ammo bu lotoklarning yana qulamasligiga ishonch yo`q, amalga yarab turibdiku deya butun qishloq faollari kunda kunora hasharga chiqib, lotoklarni o`z joyiga rostlayotgan azamatlar “Sangzor textil”  qurilish firmasi yigitlariga qarashib yubormoqda.   Erta indin ochilishi bo`lib, yana suv  ilgarigi  manzili bo`ylab ilgarilaydi deb biz qariyalar umidda, duodamiz,-dedi qishloq fidoiysi Obid Komilov,- o`zi kanal qurilishi  bizgacha yetmay qolganda, ehhe qancha yerlar o`zlashtirib qolinardi, biz tomonda oqib o`tganda, suv serob bo`lib…

-Erta indin ochiladi, yaxshiyam qishloqda mana shu Obid akaday yaxshi insonlar ham ko`p, yeng shimarib yoshu qari birday hasharga otlangan, o`z qishlog`I ravnaqi uchun xizmatga bel bog`lagan, homiylarimiz ham bu hasharlarga o`z vaqtida tushlik bilan ta`minlashga qarashib yubormoqda, qishloq profilaktika inspektori Sanjar Alimov ham yigitlar bilan birday xizmatga sho`ng`ib ketgan,-dedi obodonlashtirish va tomorqa bo`yicha fuqarolar yig`ini rais o`rinbosari Safarali Suyunov bir qator odamlar ishlayotgan jarayondagi suratlarni ko`rsatarkan.

-20 kundan buyon Turon ko`chasiga ichimlik suvi yetib bormayapti, -gapga aralashdi kolyaskadagi  bolasini haydab, yaqinimizga kelib qolgan qishloq fuqarosi Shaxlo Shirinova ismli juvon.

Bu yerga birpasda bir nechta axoli to`planib ulgurgandi. Axolining aytishicha suv transporti Tinchlik ko`chasidan kirib kelib qishloqning yarmigacha haqqoniy tarqatadi, qudug`I borlarning quduq`iga, chelagi borlarning chelagiga, bachogiga, har kim topganini to`ldirib qolishga intiladi.

Gap bunda emas, gap menga suv yetmay qolsachi, mening ko`chamga bormasachi deb bir nechta  joyga to`plangan axolidayu, xotin-xalajning shovqiniyu, erkaklarning ur-yiqitida.

Aslida ayb ularda ham emas, bularga jahl qilib ularning  janjalidan, to`polonidan, suvni bir-biridan qizg`onib, mening ko`chamga yur, men birinchi deb talashib, suvni to`kib sochib olishlaridan, u yon bu yon sudrashlaridan bezor bo`lib, orqasini  burib, yarim, nim yarim suvi bilan eee bore, deb bitta o`zi va sherigi bilan, Gulzorning 260 xo`jalik  axolisiga bas kelolmay qochib ketishga majbur bo`layotgan suv tashish  transporti shofyorida.

Yo`q, yo`q  ayb nega unda bo`lsin, kommunal to`lovlarda, gaz, svet muammosida yig`uvchilarga, keluvchilarga qo`shilib maxalladan bir vakil, erkak kishi yuradiku, mana shunday hayot mamot masalasi bol`gan suvga esa befarq, loqayd qarashadi, ayol-ayol bilan urishgan, sochini yulgan, to`s- to`polon, janjallardan yurak bezilladi, ro`yxat qilishsin, tartib bilan bir axoli gapiga kiradigan kishini qo`yib, ko`chalarga navbati bilan tarqatishsin, bir kelgan ko`chaga qayta qayta kelib, qilganlar suvsiz o`tirmay, bir qudug`ini to`ldirib olsa, ikki uch kun amallaydi, bu orada boshqalarga tarqatiladi aylanib, kimdir bosh qosh bo`lish kerakda, suv olib kelgan qayerdan biladi bizni qishloqni past, balandini,-gapga berilib, jahl bilan qo`lini siltab, siltab, gapga aralshib ketdi o`zini Abdusalom aka deb tanishtirgan kishi. Lekin gaplarida jon bor deya luqma tashladi bir nechta yig`ilganlar.

Ha azizlar aybdor qidirishdan foyda yo`q, hamma jamoatchilik, azaldan xalqimizning qon qoniga singib ketgan munosabatlar, muomalalar, guruch kurmaksiz bo`lmaydi, elning ichida ham har xil xarakterga ega, xar xil fe`lga ega, har biri o`ziga xos insonlar bor. Ular birlashib xalqni tashkil qiladi. El boshiga ish tushsa hamma  jipslashib muammoni yengmasa, muammo kattalashaveradi,  bu yerda kelishib bir biriga yo`l berib, dil berib, suvni hammaga teng taqsimlashga va suv miqdorini ham oshirishga ham birgalashib harakat qilinsa, bu yo`lda hamma qiyinchiliklarni birgalikda yengilsa yechilmaydigan muammoning ozi yo`q.

Ha darvoqe, yo`l-yo`lakay dala shiyponlari oldida lotokka suyanib o`y surib turgan bir yigit oldida mashinani to`xtatdik, ozini shu qishloqning feldsheri deb tanishtirgan bu qahramonimiz o`sha videolavhaning tasvirga oluvchisi. Jilmayib qoshimga kelar ekan, men notog`ri qilmadim, qishloqdagilar iltimos qilishdi, men yo`q demadim, to`g`ri suv kelayapti, lekin axoliga yetarli emas, mana erta indin lotoklar ishga tushsa, qishloqqa beriladigan suv miqdori biroz oshirilib, uzluksizligi  ta`minlansa, toza ichimlik suvi taqsimoti tartib bilan yo`lga qo`yilib nazoratga olinsa, bizda hammasi yaxshi, muammolarimiz hal, sizlargayam raxmat, - dedi. Telefon raqamini yozib olar ekanman, bog`lanib vaziyatdan xabardor bo`lib turishga kelishdik, zero hayot yo`llari turfa, tasodifu, g`ayriijtimoiy hodisalarga to`la, nima dedingiz.

Mirzacho`l tuman hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар