Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » Mirzacho‘l tuman mahalliy byudjetining 2024-yil 3-chorak ijrosi bo‘yicha Iqtisodiyot va moliya bo‘limining axboroti

Mirzacho‘l tuman mahalliy byudjetining 2024-yil 3-chorak ijrosi bo‘yicha Iqtisodiyot va moliya bo‘limining axboroti

21 октябрь 2024 йил
27
0

Mirzacho‘l tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan 2024 yilning 2-chorak mobaynida “O‘zbekiston-2030” xarakatlar strategiyasining barqaror iqtisodiy o‘sishi orqali aholi farovonligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan maqsadlarning ijrosini ta’minlash hamda tuman mahalliy byudjetining ko‘rsatkichlari bo‘yicha rejalarning bajarilishi borasida bir qator amaliy chora-tadbirlar ko‘rildi.

2024 yilgi tuman mahalliy byudjeti O‘zbekiston Respublikasining  2023 yil 25 dekabrdagi “2024 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘RQ-886-son Qonuniga muvofiq hamda Xalq deputatlari Mirzacho‘l tuman Kyengashining 2023 yil 29 dekabrdagi “Mirzacho‘l tumanining  2024 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VI-55-106-3-51-K/23-sonli qarori asosida tasdiqlangan bo‘lib, tuman mahalliy byudjeti daromadlarining rejasi 52 352 mln.so‘m qilib tasdiqlangan, shundan mobil aloqaga va alkogolga aksiz solig‘i 9 388 mln.so‘m tasdiqlangan, yuqori byudjetdan quyi byudjetga beriladigan transfertlar miqdori 41643.5 mln.so‘m bo‘lib, jami xarajatlar 103 383,5 mln.so‘m qilib tasdiqlangan va uning 3-chorak yakunlari bo‘yicha ijrosi quyidagicha bajarildi.

 

Daromad ko‘rsatkichlarining 3-chorak ijrosi

Mirzacho‘l tumani bo‘yicha joriy yilning 9 oylik uchun byudjetga 37942.7 mln.co‘m belgilangan prognoz rejasi, haqiqatda 31558.7 mln.so‘mga yoki   83,2 foizga ijrosi ta’minlandi.

 

Xarajat  ko‘rsatkichlarining bajarilishi

Mahalliy byudjetning 2024 yil uchun tasdiqlangan xarajatlar yillik rejasi 103 383,5 mln.so‘m bo‘lib, shundan joriy yil xarajatlarining 9 oylik aniqlangan rejasi 90 050.3 mln.so‘mni, ularning moliyalashtirish ijrosi 83 788.1 mln.so‘mni tashkil etib, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 93,0 %ga bajarilgan.

Shundan, 1-guruh xarajatlariga (ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, ijtimoiy nafaqalar) 38 691.7 mln so‘m, 2-guruh xarajatlariga (yagona ijtimoiy to‘lov) 9 422.3 mln so‘m, 4-guruh xarajatlariga (kommunal, oziq-ovqat, dori-darmon, aloqa xizmatlari, joriy va kapital ta’mirlash, tovar-moddiy zahiralar sotib olish va boshqalar) 35 674.1 mln so‘m mablag‘lar sarflangan.

 

Xarajatlar quyidagi sohalarga yo‘naltirilgan:

 

Maktabgacha va maktab ta’limiga        13 458.7 mln.so‘m

Sog‘liqni saqlashga                               30 348.5 mln.so‘m

Madaniyat va sport sohasiga                     5 651.0 mln.so‘m

Open-Byudjet(PQ-5072)                        10 480.8 mln.so‘m

Boshqalarga                                           23 849.1 mln.so‘m

 

2024 yilda mahalliy byudjet qo‘shimcha manbalarining ishlatilishi:

        

Tuman mahalliy byudjetining 2024 yil 1 yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘ining jami mikdori 3 787,4 mln.sumni tashkil etdi.

2024 yil uchun tuman byudjeti zaxira jamg‘armasi xajmi 1 038,3 mln.so‘m etib belgilandi.

Joriy yilning 3-chorak davomida Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlariga asosan mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbaalari xisobidan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini ta’minlash, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarini tizimli ravishda xal etish, hududlar infratuzilmalarini yaxshilash, madaniy sport tadbirlari, festivallar, umumxalq bayramlar o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar uchun 2024 yil shakllangan erkin qoldiq mablag‘lar xisobidan 3753,4 mln.so‘m, zaxira jamg‘armasi xisobidan 1037,9 mln.so‘m mablag‘ ajratildi.

  Xususan:

  Erkin qoldiq mablag‘i xisobidan Ijtimoiy axvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar muammolarini tizimli ravishda xal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasiga 150,0 mln.so‘m, “Yoshlar daftari” jamg‘armasiga 150.0 mln so‘m “Ayollar daftari” jamg‘armasiga 150.0 mln so‘m, “Fuqarolar tashabbusli jamg‘armasi”ga 1168.0 mln so‘m, madaniy sport tadbirlari, festivallar, umumxalq bayramlar o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar uchun 295,0 mln.so‘m, ish xaqi bilan bog‘liq xarajatlar ish samaradorligini oshirish hamda xodimlarni moddiy rag‘batlantirish uchun 350,3 mln.so‘m, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasining 2024 yil 6 iyuldagi 16-1-1016-sonli topshiriq xati ijrosini ta’minlash maqsadida xizmat safari xarajatlari uchun 6,5 mln.so‘m, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 martdagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5020-sonli va Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 18 sentyabrdagi “Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muxtoj qizlar va boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollar oliy ta’lim olishini moddiy jixatdan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 585-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi 4 nafar xotin-qizlarning oliy ta’lim muassasasining o‘qish shartnoma to‘lovlarini to‘lab berish uchun 13,5 mln.sum, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida taxsil olayotgan 4 nafar yoshlarning kontrakt to‘lovlari uchun 32,0 mln.sum, tumanda IT-xizmatlar eksportini amalga oshirish, yoshlarning IT-soxasidagi bilimlarini yanada oshirish maqsadida tumanda tashkil etilgan IT-markazini 100 dona zamonaviy kompyuter jamlanmasi bilan ta’minlash uchun 250,0 mln.sum, “Gʻalaba” va “Bog‘bon” maxallalardagi ijtimoiy uylarining kommunal to‘lovlardan bo‘lgan qarzdorliklarini qoplash uchun tabiiy gazga 50,5 mln so‘m va elektr energiyaga 63,5 mln so‘m jami 114,0 mln.so‘m, xuquqbuzarlikni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish maqsadida tumandagi jamoat joylari, asosiy yo‘llarga zamonaviy video kuzatuv kameralari xamda kameralarni o‘rnatilishi uchun zaruriy moddiy-texnik jixozlarining xaridiga 50,0 mln.so‘m, 1-maktab xududida kutubxona qurish xarajatlariga 60,0 mln.so‘m, maxalla fuqarolar yig‘inilarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash, kompyuter jamlanmalari, printer va ovoz kuchaytirish uskunalariga 240,0 mln.so‘m, "Yashil makon" umummilliy loyixasi doirasida daraxt ko‘chatlariga, ekish va ularni saqlash xarajatlariga 300,0 mln.so‘m hamda boshqa xarajatlar uchun 430,6 mln.sso‘m mablag‘lar moliyalashtirildi.

Tuman mahalliy byudjetining 2024 yil zaxira jamg‘armasi xisobidan "Obod maxalla", "Obod ko‘cha" va "Obod xonadon" bo‘yicha aniqlangan aholi muammolarini bartaraf etish uchun 30,0 mln.so‘m, "Mahalla kutubxonasi" va "xokimlik kutubxonasi"ga badiiy kitoblar xaridiga 25,0 mln.so‘m, mahallalardagi uyushmagan yoshlar so‘rtasida o‘tkazilgan futbol kubogi musobaqalari sovrindorlarini rag‘batlantirish xarajatlari uchun 130,0 mln.so‘m, uyushmagan yoshlar va maktab bitiruvchilarini bitta xorijiy til hamda kasbga o‘qitish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 76,5 mln.so‘m, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida taxsil olayotgan talabalarning kontrakt to‘lovlari uchun 70,6 mln.so‘m, tuman markaziga ma’naviyat va targ‘ibot bannerlarini o‘rnatish uchun 20,0 mln.so‘m, Xitoy Xalq Respublikasiga Jizzax viloyati delegatsiyasining xizmat safari bilan bog‘liq xarajatlari uchun 222,7 mln.so‘m, “Yoshlar daftari” jamg‘armasiga 45.0 mln so‘m hamda boshqa xarajatlar uchun 418,1 mln.so‘m mablag‘lar ajratildi.

         Bundan tashqari Yer uchastkalariga bulgan xukuklarni sotishdan tushgan pul mablaglari hisobidan Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlariga asosan Tuman xokimining 2024 yil 14 iyundagi 02-fm sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida 25,3 mln.so‘m, Tumandagi uyushmagan yoshlar va maktab bitiruvchilarini bitta xorijiy til hamda kasbga o‘qitish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarni qo‘llab quvvatlash maqsadida xorijiy til o‘qituvchilarining ish xaqlari uchun 72,0 mln.so‘m hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtaqo‘pir tumanidagi og‘ir turmush sharoitdagi yaroqsiz va avariya xolatidagi uy-joylarda yashovchi fuqarolarni moddiy-qo‘llab quvvatlash uchun 48,0 mln.so‘m mablag‘lar ajratildi.

 

        

 

Z.Uzbekov

Mirzacho‘l tuman Iqtisodiyot

va moliya bo‘limi boshlig‘i v.b                                            

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар