So‘ngi yillarda, yurtimizda amalga oshirilayotgan inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan taraqqiyot strategiyalari doirasida ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilib kelinayotgan barcha islohotlar xalqimiz hayotini tubdan yaxshilash, aholi farovonligini oshirish va uning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 17-fevraldagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-74-son Farmoniga muvofiq, 2022 yil 1 oktabrdan boshlab o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalarning qonuniy vakillariga parvarishlash va nogironlik nafaqalarini qo‘shimcha hujjatlarni talab etmagan holda «proaktiv shakl»da tayinlash tizimini joriy etildi.
Farmonga muvofiq, joriy yilning 7 oktabr holatiga ya’ni bir xaftalik muddatda proaktiv shaklda jami 50 ta fuqaroga proaktiv shaklda nafaqa tayinlandi.
Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi
Mirzachoʻl tuman boʻlimi