Bugungi kunda xotin-qizlarimizning aralashmagan sohasi yo‘q. Ayniqsa, O‘zbekiston diyorida bobodehqonlarimizning peshona terlari orqali yetishtirgan paxtalarining bir misqolini ham yerda qoldirmay, yog‘ingarchilikgacha terib, davlat xirmoniga yetkazib berishda ham mehnatda toblangan qo‘li qadoq, oqila ayollarimizning mehnatlari katta bo‘lmoqda.
Ayollarimizning halol mehnatlari ila har kuni qator-qator telejkalarda oq oltinlarimiz davlat xirmoniga to‘kilmoqda.
Bugun "Mirzadala" SHFY hududidagi "Laziz" fermer xo‘jaligi dalasida paxta terayotgan xotin-qizlarni hududdan saylangan deputat, tuman "Oqila ayollar" harakati raisi B.Amanova 15-oktyabr "Xalqaro qishloq ayollari kuni" bilan tabriklab, ularning mehnatlarini inobatga olib, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tomonidan tayyorlangan sovg‘alarni ulashdi va ularning bundan keyingi ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qaytdi.