Joriy yilning 23 yanvar kuni Mirzacho‘l tumani 1-sektor xududidagi "Ipak yo‘li" mahallasida tuman hokimining tashabbusi bilan hozirgi kunlarda havo haroratining keskin pasayishi natijasida kirib kelgan anomal sovuq munosabati bilan hududdagi yordamga muhtoj, kam ta’minlangan, ehtiyojmand fuqarolar holidan xabar olish, ularda yuzaga kelgan mavjud muammolarni zudlik bilan bartaraf etish, maktablar, qishloq vrachlik punktidagi ko‘mirga moslashgan isitish tizimining ahvoli ko`zdan kechirildi.
Shu bilan birga aholining shu kunlarda toza ichimlik suvga bo‘lan ehtiyojlarini ta’minlash, trubada muzlab qolgan suvlarni eritib suv chiqarish maqsadida tuman hokimi yordamchisi, Ipak yo‘li maxallasi raisi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari, profilaktika inspektori, tuman kengashi deputati tomonidan muammoni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlari tartib bilan ko‘chama ko‘cha tarqatilib kelinmoqda, aholi ehtiyojidan kelib chiqib ko‘mir mahsulotlari olib kelinmoqda. Aholi talablaridan kelib chiqib tuman markaziga qishloqdan qatnovchi taksilar narxini me’yorga tushirish uchun targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borildi.