Mirzacho‘l tuman hokimi Sh.Axmedovning topshirig‘iga asosan "G'alaba" MFYda aholi muammolari, ijtimoiy soha ob'ektlari issiqlik tizimi, shart-sharoitlari o‘rganilib, kamchiliklarni joyida hal etish choralari ko‘rildi.
Shuningdek, tuman rahbarining tashabbusi bilan boshlangan ezgu ishlar natijasida G'alaba mfyda istiqomat qilayotgan ehtiyojmand va kam ta'minlangan oilalar holidan xabar olish, qishning sovuq kunlarida xonadonlarga oz bo'lsada iliqlik olib kirish maqsadida savobli ishlarni amalga oshirish davom etmoqda.