Qayd etish joiz, mazkur korxona faoliyat boshlashi bilan 10 ta yangi ish o’rni yaratiladi.
Paxtazor mahallasining Samarqand ko’chasidagi transformator eskiligi sabab tez-tez nosoz holatga kelgan. YUqori kuchlanishli yangi transformatorning o’rnatilishi esa masalaga ijobiy yechim bo’ldi deyish mumkin. Bundan tashqari Mirzo Ulug’bek ko’chasiga o’rnatilgan beton tayanch ustunlarga elektr sim kabellari tortish ishlari ham jadal olib borilayapti. Sektor rahbari ushbu ishlarning borishi bilan tanishib, korxona mas’ullari bilan suhbatda bo’ldi. Ishchi xodimlarga zarur sharoitni yaratish bo’yicha ularga topshiriqlar berdi. Boshqarma boshlig’i shu yerda mahalla faollari va korxona hamda tashkilotlar rahbarlari bilan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, infratuzilmani yanada yaxshilash, tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash borasidagi ishlarni muhokama qildi. Fuqarolar e’tiroziga sabab bo’layotgan masalalarni o’z vaqtida va joyida bartaraf qilish lozimligi uqtirildi.
Ma’lum qilinishicha, o’tgan yil davomida mahallada jami 1 milliard 450 million so’mlik kredit evaziga 72 ta tadbirkorlik faoliyati yo’lga qo’yilgan. Joriy yilda esa hudud imkoniyatidan kelib chiqqan holda savdo, xizmat ko’rsatish va ishlab chiqarish yo’nalishlarida 120 ta tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini yo’lga qo’yish reja qilingan.
3- sektor rahbari hududdagi 9- sonli o’rta umumta’lim maktabida aholi va yoshlar bilan uchrashdi. Dastlab “YOshlar daftari”da ro’yxatda turgan 4 nafar yoshlarga oliy ta’lim uchun shartnoma to’lovlari o’tkazilganligi, 4 kishiga issiqxona, ishlab chiqarish va tikuvchilik faoliyatlarini yo’lga qo’yishlari uchun sertifikatlar topshirildi. SHuningdek, faol va tashabbuskor yoshlar viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’ining faxriy yorliq hamda estalik sovg’alari taqdirlandi.
Sektor rahbari bilan muloqotda aholi o’zlarini qiynab kelayotgan qator muammolarni hal etishda amaliy yordam so’rashdi. Xususan, kredit to’lovi, subsidiya ajratilishi, bandlik, ish haqini undirish, oqova suv tizimini yaxshilash kabi masalalar bayon etildi. Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida muhokama qilinib, ijrosi bo’yicha mutasaddilarga vazifalar yuklatildi.
Tadbir davomida ehtiyojmand oilalarni qo’llab-quvvatlash, ularni oziq-ovqat mahsulotlari, suyultirilgan gaz va ko’mir bilan ta’minlash borasidagi ishlarga ham diqqat qilindi.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati