Mirzacho‘l tuman hokimi Sh.Axmedov mahallaga biriktirilgan vakillar hamda mahalla faollari bilan birgalikda tumandagi "Toshkent" qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oilalar holidan xabar olib, ularni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rgandi, hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga homiylik asosida zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari tarqatdi.
Bu kabi ezgu ishlar tuman rahbari topshirig‘iga ko‘ra barcha mahallalarda davom etmoqda.