Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusda xotin-qizlar bandligini ta’minlashga alohida ahamiyat berilgan.
Mahallalardagi ishsiz ayollarning bandligini ta’minlash, ularni hunarmandchilikka jalb qilish orqali daromad manbaini yaratish maqsadida Mirzacho‘l tumanida ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish, har jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, bugun tuman hokimi Sh.Axmedovning tashabbusi bilan tumandagi 1-sektor hududidagi "Mustaqillik" mahallasida hunarmandchilikning kashtachilik yo‘nalishini yo‘lga qo‘yish orqali ishsiz ayollarning bandligi ta’minlandi.
Darhaqiqat, bu kabi amaliy ishlarni tashkil etish aholini barqaror daromad bilan ta’minlashga xizmat qiladi.