Mirzacho‘l tuman hokimi Sh.Axmedov boshchiligidagi Ishchi guruh hamda sektor rahbarlari birgalikda bugungi qishning anomal sovuq kunlarida tuman Dehqon bozoridagi tadbirkorlarga va iste’molchilarga yaratilgan shart-sharoitlarni, shuningdek, arzonlashtirilgan yarmarkalar faoliyatini ko‘zdan kechirdi. Tuman Dehqon bozoridagi tadbirkorlarga va iste’molchilarga yaratilgan shart-sharoitlar tanqid qilindi.
Tuman Dehqon bozorida aholiga qulaylik yaratish maqsadida zarur chora-tadbirlar belgilanib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.