Shunday tadbirlardan navbatdagisi Mirzacho‘l tumani "Mustaqillik" MFYda joylashgan 2-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazildi.
Tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari A.Namozova, Q.Abdurahimovlar, 2-umumta’lim maktabi maktab pedagoglar jamoasi ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olganlar amaldagi Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida atroflicha fikr yuritib, barchani 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Referendumda faollik ko‘rsatishga chaqirishdi.