Kazakov Azamat Ochilboyevich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Jizzax viloyati boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari - Ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilishini monitoring qilish shoʻbasi mudiri lavozimiga tayinlandi.
A.Kazakov tayinlovga qadar Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani “Gulchambar” MFYda hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Maʼlumot uchun, Salohiyatli kadrlar rezerviga nomzodlarni saralab olish jarayoni, nomzodning MFYdagi faoliyati samaradorligini oʻrganish, mahalla aholisidan kelib tushgan murojaatlarning ijobiy hal etilganligi, intellektual salohiyatni aniqlashga qaratilgan test sinovi hamda suhbat kabi bosqichlarining natijalarini oʻz ichiga olgan.