Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ilgari surilgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi hamda atrof muhitni ko‘kalamzorlashtirish doirasida joriy yilning 10-11-noyabr kunlari Toshkent moliya instituti tashabbusi bilan Jizzax viloyati, Mirzacho‘l tumanida obodonlashtirish va ko‘chat ekish ishlari olib borildi.
Mazkur amaliy tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar, 200 nafardan ortiq talaba-yoshlar, hokimlik vakillari hamda mahalla fuqarolari faol ishtirok etdi. Ushbu ezgu tashabbusda tumanning "G‘alaba" MFY hududidagi "Yoshlar istirohat bog‘i"ga hududning tabiiy iqlim sharoitiga mos bo‘lgan 2400 tupga yaqin daraxt ko‘chatlari ekildi.
Toshkent moliya instituti va tuman hokimligi hamkorligida yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu sa’y-harakatda istirohat bog‘i hududiga xayrli maqsadlar ila sada, qayrag‘och, klyon, yasin, chinor, katalpa, archa kabi turli-tuman daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.
Shuningdek, talaba-yoshlar uchun tadbirda osh dasturxoni yozilib, madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Toshkent moliya instituti Matbuot xizmati