Mirzacho‘l tumanida aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish maqsadida tumandagi tadbirkor Gulnusa Pashayevaning aholi bilan muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida G.Pashayevaning tadbirkorlik faoliyati va yaratilgan ish o‘rinlari, shuningdek bugungi kunda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, tadbirda "Mirzadala" mahallasida tashkil etilgan "Amaliy manomarkaz"dagi hunarmandchilik yo‘nalishlari quroqchilik, kashtachilik, ro‘mol to‘qish va choponchilik va boshqa tadbirkorlik faoliyatlari bilan tanishildi.