Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq Mirzacho`l tumani Mirzadala SHFY hududidagi ko‘chalarni nomlash va qayta nomlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq Mirzacho`l tumani Mirzadala SHFY hududidagi ko‘chalarni nomlash va qayta nomlash to‘g‘risida

15 январь 2022 йил
298
0

O‘zbekiston Respublikasi “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarini tartibga solish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 295-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining ekspert komissiyasining 2021-yil 26-oktabrdagi 01-14-767-sonli ekspert xulosasiga asosan Mirzacho`l tumanidagi 21 ta obyektlarni nomlash va qayta nomlash to`g`risidagi ijobiy xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 24-moddasiga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi


QAROR QILADI:


1. Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash to‘g‘risidagi takliflarni davlat ekspertizasidan o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining ekspert komissiyasining 2021-yil 26-oktabrdagi 01-14-767-sonli ekspert xulosasiga asosan Mirzacho`l tumani Mirzadala SHFY hududidagi “nomsiz” ko`chaga “O`zbekiston” nomi, “nomsiz” ko`chaga “Hamdo`stlik” nomi, “nomsiz” ko`chaga “Bog`i eram” nomi va “nomsiz” ko`chaga “Yangidiyor” nomi berilsin.
2. Tuman hokimining o‘rinbosarlari (M.Isroilov va X.O`roqboev)lar va tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari bilan birgalikda mahalla fuqarolar yig‘inlari, qishloq aholi punktlari va ko‘cha nomlari aks ettirilgan peshlavhalarni 1 oy muddatda belgilangan tartibda o‘rnatish vazifasi topshirilsin.
3. Tuman statistika bo‘limi (O`.Xursanov), O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyat boshqarmasi Mirzacho`l tuman filiali (B.Beknazarov), tuman Ichki ishlar bo‘limi (J.Karimov), tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi (D.Xudoyberdiev), tuman Tibbiyot birlashmasi (B.Suyunov)larga yangi va qayta nomlangan mahalla fuqarolar yig‘ini, qishloq aholi punktlari va ko‘chalarning
nomlarini belgilangan tartibda ro‘yxatga olish vazifasi yuklatilsin.
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Mirzacho`l tuman Kengashining yoshlar siyosati, hotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (O.Namazova) zimmasiga yuklatilsin.


e-qaror.gov.uz 13.12.2021

                         Туман ҳокими                              (имзоланган)                        Ш.Ахмедов

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар