Shifokorlar bemorlarga sidqidildan xizmat koʻrsatmoqda
Insonlarning sogʻligʻini asrash, tiklash, mustahkamlashdek oliyjanob ishga oʻz umrini,halovatini baxshida etgan sharafli kasb egalari - shifokorlardir.
Men Mirzachoʻl tuman kasalxonasiga sogʻligim masalasida tashrif buyurdim. Bu yerdagi shifokorlar bemorlarga sidqidildan xizmat koʻrsatmoqda. Ular bilimli, malakali, tajribali ekanliklarini, namoyon qilishmoqda.
Shuning uchun shifokorlardan behad mamnunman. Ayniqsa birinchi shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatgan shifokorlar O'ljayev Toyir, Azizov Umidjon, navbatchi shifokor Usenov Mahmud va "Terapiya " bo'limi bosh shifokori Aliqulov Abdug'ofur va hamshiralarga alohida minnatdorchilik bildiraman. Hayotda shunday xushfeʼl, mehribon insonlar koʻpayaversin. Ularning ishlariga omad yor boʻlsin!
Istam Akaboyev .
Paxtazor SHFY 16-maktab