"SPORTCHI USTOZLAR" shiori ostida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabridagi "Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosini ta'minlash hamda 1-oktabr "Ustoz murabbiylar kuni" munosabati bilan Mirzacho‘l tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan "SPORTCHI USTOZLAR" shiori ostida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Musobaqada tumandagi barcha davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari ishtirok etdi. Do‘stona o‘tgan ushbu musobaqa g‘oliblari aniqlandi.
1-o‘rin 7-sonli DMTT
2-o‘rin 4-sonli DMTT
3-o‘rin 15-sonli DMTT jamoalari qo‘lga kiritishdi.
Musobaqa g‘oliblari Mirzacho‘l tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi mudirining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Mirzacho‘l tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi Matbuot xizmati
Тавсия этамиз:


