Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » MIRZACHO‘LDA SUHBAT KOMISSIYA A‘ZOLARINING MALAKASI OSHIRILMOQDA

MIRZACHO‘LDA SUHBAT KOMISSIYA A‘ZOLARINING MALAKASI OSHIRILMOQDA

27 сентябрь 2022 йил
112
0

Mirzacho‘l tumanida ochiq mustaqil tanlovlarni o‘tkazishda ishtirok etadigan davlat organlari va tashkilotlari suhbat komissiyalari a‘zolarining bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur seminar-treningda 6 ta hududiy davlat organlari va tashkilotlarida suhbat komissiya a‘zolari bo‘lgan mas‘ullar ishtirok etishdi. Seminar-trening davomida ochiq mustaqil tanlovlarning joriy holati, tanlovlarda yuzaga kelayotgan muammo va ularni bartaraf etish choralari, suhbatni to‘g‘ri tashkil etish va uni o‘tkazishda qo‘yilgan talablar to‘g‘risida ma‘lumotlar berildi.

 

 

Seminar-treningning ikkinchi qismi interfaol usulda tashkil etildi va berilgan amaliy vazifalar ishtirokchilarda katta qiziqish o‘yg‘otdi.

 

 

Seminar-trening yakunida ishtirokchilar o‘zlarining fikr-mulohazalari va takliflarini bildirishdi.

Mirzacho‘l tuman hokimligi
Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар