Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » Sanoat ishlab chiqarishda kichik biznesning hissasi

Sanoat ishlab chiqarishda kichik biznesning hissasi

10 ноябрь 2022 йил
331
0
Dastlabki ma’lumotlarga asosan joriy yilning yanvar-sentabr oylarida Mirzacho‘l tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 114,4 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 100,2 foizni tashkil etdi. Hisobot yilida 45,5 mlrd. so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilib, 2021 yil yanvar-sentabrga nisbatan 82,5 foizni tashkil etdi. Jumladan, 7,8 mlrd. so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilib umumiy hajmga nisbatan 106,2 foizni tashkil qilib, 37,7 mlrd. so‘mlik nooziq-ovqat mollari (2021 yil yanvar-sentabrga nisbatan mos ravishda 78,9 foiz tashkil qilgan.
Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz ichki bozorini tovar va xizmatlar bilan ta’minlashda, aholi bandligi va real daromadlarini oshirishda, resurslarni oqilona taqsimlash va ulardan samarali foydalanishda, ijtimoiy guruhlar daromadlarining nomutanosibligini kamaytirishda, iqtisodiyotning turli tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yaxshilashda katta ahamiyatga ega bo‘lib, islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy katalizatori hisoblanadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari bozor kon’yunkturasi o‘zgarishlariga ham, iste’molchi talabi o‘zgarishlariga ham tez moslashishga qodir bo‘lib, iste’mol bozoridagi muvozanatni ushlab turishda muhim rol o‘ynaydi, shuningdek, raqobat muhitining shakllanishiga xizmat qiladi. Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida tumanda 114,4 mlrd. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishi amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 114,4 mlrd. so‘m kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti tashkil qilganligini ko‘rishimiz mumkin. Davlat va xususiy sektorning o‘zaro munosabati mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy barqaror vaziyatni ta’minlashda xususiy biznesning manfaatdorligini oshirishda katta xizmat qiladi. O‘z navbatida, mamlakatimizda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish borasida olib borilayotgan islohotlar natijasi o‘laroq Mirzacho‘l tumanida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida nodavlat sektorning ulushi salmoqli ekanligini ko‘rish mumkin. Tarmoq korxonalari tomonidan joriy yilning yanvar-sentabr oylarida 114,4 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi shuning bilan birga nodavlat sektorida 114,4 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish tashkil etdi.
O‘z navbatida joriy yilning yanvarsentabr oylarida Mirzacho‘l tumanida sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishi 114,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, mazkur ko‘rsatkich Jizzax viloyatining jami sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishida 1,4 foiz tashkil etdi. Tumanda ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmi aholi jon boshiga 2 124,1 ming. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 98,5 foizga yetkazilganligini kuzatishimiz mumkin. Shuningdek, tumanda iste’mol tovarlari ishlab chiqarilishi 45,5 mlrd. so‘mni tashkil qilib, Jizzax viloyatining jami iste’mol tovarlari ishlab chiqarilishida 1,2 foiz tashkil etdi. Tumanda ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari aholi jon boshiga 843,8 ming.so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 81,1 foizga yetkazilganligini kuzatishimiz mumkin.

Mirzacho‘l tuman statistika bo‘limi
yetakchi mutaxassisi M.Eshaliyev
скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар