Mirzacho'l tuman hokimi Sherzod Axmedov tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurdi
Darhaqiqat, bugungi sovuq kunlarda tibbiyot birlashmasining samarali faoliyat yuritishini taʼminlash alohida eʼtibor kasb etadi.
Qabulxona va jarrohlik xonalari, tug'ruqxona va bemorlar uchun ajratilgan xonalarning bugungi sovuq kunlarda qay tarzda ishlayotganini ko‘zdan kechirish maqsadida Mirzacho'l tuman hokimi Sherzod Axmedov tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurdi.
Shifoxonada davolanuvchilar uchun havo harorati yaxshi, bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar mavjud.
Tuman hokimi shifoxonani ko‘zdan kechirar ekan, bemorlarning shifo olishi uchun barcha zaruriy choralarni ko‘rish kerakligi, xonalari issiq va yorug‘ bo‘lishi zarurligi bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)