Mahalla faolining oilalar bilan ishlash mexanizmi va strukturasi yuzasidan seminar-trening tashkil etildi
Mirzacho‘l tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan mahalladagi xotin-qizlar faollarini malakasini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 iyundagi "Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish hamda xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish ishlarini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bo‘yicha mahalla faolining oilalar bilan ishlash mexanizmi va strukturasi yuzasidan seminar-trening tashkil etildi.
Unda mahallalarda faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi.
Seminar davomida mahalla faollarining ijtimoiy xizmat bo‘yicha onlayn ishlashda planshetlar va yangi dasturdan foydalanish bo‘yicha tushunchalar berildi.