RASMIY MUNOSABAT!
Joriy yilning 28 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumani Gulzor qishlogʻida chala qolib ketgan ish bor ekan!" mavzusidagi anonim murojaat tarqalganligi bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Mirzacho‘l tuman Irrigatsiya bo‘limi rahbari I.Suvanovning ma`lumotiga ko`ra, ushbu latok tarmog‘i 2022 yil davlat dasturi asosida 2 km qismi rekonstruksiyaga tushgan bo‘lib, latok tarmoqlari qismi to‘liq yangilangan, hozirgi kunda ushbu latok tarmog‘ini dyuker qismi yorilganligi sababli, suv sizib chiqish holati kuzatilmoqda.
Ushbu murojaat yuzasidan dekabr oyida Mirzacho‘l tuman Irrigasiya bo‘limiga ushbu mahalla fuqarolari murojaat qilgan, ushbu murojaatdan keyin latok tarmog‘ini qurgan “Turon” MCHJ ish boshqaruvchisi V.Abduhakimovga murojaat qilinib, holat yuz bergan joyga chaqirtirilib, ta’mirlash ishlari olib borilgan edi.
Bugungi kunda yuz berayotgan anomal sovuq kunlarida suvning muzlashi oqibatida, ushbu latoklardagi yoriqlar qaytadan ochilib ketgan. Ushbu holat yuzasidan, “Turon” MCHJga qayta murojaat qilindi. Muzlar erigandan keyin to‘liq qaytadan remont qilib, to`laligicha ta`mirlab berilishi haqida kafolat xati olindi.
Онлайн: xat-turon.pdf
Bu bo`yicha o`rganilib, qo`shimcha ma`lumotlar beriladi.
Mirzacho`l tuman hokimligi
Axborot xizmati