Quyosh elektr panellari o`rnatish qachondan boshlanadi?
Agrobank aksiyadorlik tijorat banki Mirzacho‘l tuman filialida foydalanilayotgan quyosh elektr panellarining afzalliklari hududdagi korxona, tashkilot va muassasalar hamda tadbirkorlarga tushuntirildi. Amaliy seminarda aholi turar joylari, savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalari, tashkilot va korxonalarga quyosh panellari o‘rnatish yuzasidan tavsiyalar bildirildi. Mazkur jarayonda mutaxassislar tomonidan “yashil” energiyaning iqtisodiy afzalliklari hamda muqobil energiya qurilmalarini o‘rnatish hamda tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)