Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » 4-sektor raxbari A.Bolikulov sektor xududiga qarashli "Do`stlik" mfy faollari bilan uchrashdi

4-sektor raxbari A.Bolikulov sektor xududiga qarashli "Do`stlik" mfy faollari bilan uchrashdi

23 февраль 2023 йил
241
0

Mamlakatimizda keyingi yillarda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar hamda yoshlarning muammolarini hal etish, ishsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, tomorqa yerlaridan unumli foydalanishga ko‘maklashish, o‘zini o‘zi band qilish, kreditlar ajratish, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga moddiy yordamlar ko‘rsatish, ularni uy-joy bilan ta’minlash borasidagi ishlar sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqildi. Bu borada Mirzacho‘l tumanida ham bugungi kunda birmuncha ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bugun, tumandagi 4-sektor raxbari A.Bolikulov sektor xududiga qarashli "Do`stlik" mfy raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli bilan uchrashdi. Uchrashuvda sektor rahbari muhtaram Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan islohotlarning natijadorligida sektorda uyushqoqlik bilan ishlarni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi, mahallabay ishlash tizimidan dolzarb kutilayotgan natijalar, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, mahalla raisining hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va profilaktika inspektori bilan hamkorlikda amalga oshiradigan bugungi dolzarb vazifalari xususida fikrlarini bildirib, kelgusidagi muhim chora-tadbirlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

 


скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар