Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44

OQ YO‘L SIZGA AZIZ BITIRUVCHILAR!

25 май 2023 йил
113
0
Har yili maktablarda 25 may “So‘nggi qo‘ng‘iroq” sadolari jarang sochadi. Bu kun bilimga chanqoq, beg‘ubor orzular qanotidagi yoshlar va mehridaryo ustozlar, farzandlari kamolini  ko‘rib quvonayotgan ota-onalar va nabiralariga oq yo‘l tilab, duo qilayotgan otaxon-u onaxonlarimiz uchun chin ma’nodagi bayramdir!

 

 
Bugun tumanimizda 1-sektor hududidagi"Mustaqillik" MFY, 2-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirida, Mirzacho‘l tumani hokimi, 1-sektor rahbari Sherzod Ahmedov ishtirok etdi hamda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning maktab bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigini maktab bitiruvchilariga yetkazdi.
Tadbirda shuningdek, o‘quv yili davomida faollik ko‘rsatgan maktab jamoasi, namunali o‘qituvchilar va o‘quvchilarga tuman rahbari hamda maktab ma’muriyati tomonidan tashakkurnomalar,  diplom va faxriy yorliqlar topshirildi.
Mirzacho‘l tuman hokimligi
Axborot xizmati
скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар