Yoshlar oʻrtasida musobaqalar oʻtkazildi
Yurtimizda 3-iyundan “Yangi Oʻzbekiston — yoshlar mamlakati!» shiori ostida “Yoshlar oyligi” boshlandi. Yoshlar oyligi doirasida qator loyihalar, intellektual tanlovlar, uchrashuvlar, sport musobaqalari hamda gala konsertlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Oʻtkazilayotgan loyihalarda “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” hamda “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari, ishsiz va profilaktik hisobga olingan yoshlarni qamrab olishga alohida eʼtibor qaratilgan.
Jumladan, Yoshlar oyligi doirasida "Yangi Oʻzbekiston - yoshlar mamlakati!" shiori ostida 2023-yil 22-iyun kuni Mirzacho'l tumanida ham sportning futbol, qo'l kurash turi boʻyicha yoshlar oʻrtasida musobaqa oʻtkazildi.
Musobaqada gʻolib boʻlgan ishtirokchilar tuman Sport maktabi hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi tomonidan diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.