Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » “Amaliy monomarkaz” tashkil etildi

“Amaliy monomarkaz” tashkil etildi

26 август 2023 йил
139
0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 12 iyundagi “Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik sub’yektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-93 sonli farmonida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 25 avgust kuni Mirzacho‘l tumani "Mirzadala" ShFYda hunarmandchilik yo‘nalishlarida tashkil qilingan “Amaliy monomarkaz” tashkil etilib,  bugun ana shu markazning ochilish marosimi o‘tkazildi.

Ta’kidlash lozimki, ushbu Amaliy monomarkazda hunarmandchilikning qo‘lda gilam to‘qish, kashtachilik , quroqchilik, tikuvchilik, esdalik buyumlarini tayyorlash, milliy qo‘g‘irchoq tayyorlash, jun ro‘mol to‘qish va milliy poyabzal tayyorlash  kabi yo‘nalishlarida jami 10 nafar hunarmand usto-shogird an’anasi asosida 80 nafar shogirdlarga hunar o‘rgatmoqda.

Mirzacho‘l tumanida 53 nafarga yaqin hunarmandlar "Hunarmand" uyushmasiga a’zo, ularning 38 nafari ayol hunarmandlar. Shogirdlar soni 378 nafarni tashkil etmoqda.

Mirzacho‘l tumanida kashtachilik, gilamdo‘zlik, ro‘mol to‘qish, tikuvchilik, quroqchilik hunarlari rivojlangan.

Amaliy monomarkazda tumandagi mahallarda istiqomat qilayotgan bandligi ta’minlanmagan, lekin hunarmandchilikka layoqati bor xotin-qizlar jalb etildi. Qo‘lda gilam to‘qish, kashtachilik, quroqchilik, tikuvchilik, esdalik buyumlarini tayyorlash,  milliy qo‘g‘irchoq tayyorlash, jun ro‘mol to‘qish va milliy poyabzal tayyorlash  kabi yo‘nalishlarida jami 10 nafar hunarmand usto-shogird an’anasi doirasida 80 nafar shogirdlarga hunar o‘rgatadi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-maydagi “2023–2025 yillarda Jizzax viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-146-sonli qarori ijrosi yuzasidan matbuot anjumani ham bo'lib o'tdi.

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар