Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44

DIQQAT  E’LON

28 август 2023 йил
88
0

MIRZACHO‘L TUMANI MUDOFAA ISHLARI BO‘LIMIDA CHAQIRILUVCHILARNI

2024 YILGI CHAQIRUV MAVSUMIGA MUDDATLI HARBIY  XIZMATGA

CHAQIRISH UCHUN  TANLOV SINOVLARI BOSHLANDI

 

Qurolli Kuchlar tarkibini intelektual salohiyatli, axloqiy-ruhiy jihatidan yetuk, yuksak bilimli va jismonan baquvvat chaqiriluvchilar bilan butlash maqsadida fuqarolarni 2024 yil chaqiruv mavsumida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar safiga muddatli harbiy xizmatga (1 yillik) 2023 yil 10-avgustdan 2024 yilning 10-fevraliga qadar o‘tkaziladi.

 

Tadbirlar 2 bosqichda o‘tkaziladi;

Birinchi bosqich chaqiriluvchilardan umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash - umumjismoniy normativlarni qabul qilish orqali o‘tkaziladi;

         Ikkinchi bosqich tanlov kengashi a’zolari chaqiriluvchilar bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazadilar.

  • Harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tish yoki muddatli harbiy xizmatni (1 yillik) o‘tash istagida bo‘lgan chaqiriluvchilar tuman mudofaa ishlari bo‘limiga murojaat qiladi.
  • Tanlovda ishtirok etishda chaqiriluvchilarning soni cheklanmaydi, tanlovning shaffofligini bevosita kuzatib borish uchun mazkur jarayonga chaqiriluvchilarning ota-onalari ishtrok etishi mumkin.
  • Tanlovga fuqarolar o‘zlari bilan fuqarolik pasporti va sport kiyimi olib kelishi shart.
  • Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baxolash quyidagi umumjismoniy normativlarni qabul qilish orqali amalga oshiriladi:

 

    1)Turnikda tortilish;      2) 100 metrga yugurish;         3) 3000 metrga yugurish.

  • turnikda tortilish bo‘yicha;

12 marotaba va undan ko‘p tortilganda                                - 5 (a’lo);

10-11 marotaba tortilganda                                                   - 4 (yaxshi);

8-9 marotaba tortilganda                                                       - 3 (qoniqarli);

1-7 marotaba yoxud umuman tortila olmaganda                  - 2 (qoniqarsiz),

  • b)100 metrga yugurish bo‘yicha:

14.0 soniya ichida bajargan taqdirda                                    - 5 (a’lo);

14,1-14,4 soniyada bajargan taqdirda                                   - 4 (yaxshi);

14,5 - 15,0 soniyada bajargan taqdirda                                 - 3 (qoniqarli);

15.1 soniya va undan ko‘p vaqtda bajargan taqdirda           - 2 (qoniqarsiz);

  • v)3000 metrga yugurish bo‘yicha:

12.40 daqiqa ichida bajargan taqdirda                                  - 5 (a’lo);

12.40 daqiqadan 13.20 daqiqagacha bajargan taqdirda       - 4 (yaxshi);

13,20 daqiqadan 14,0 daqiqagacha bajargan taqdirda         - 3 (qoniqarli);

14,0 daqiqadan ko‘p vaqtda bajargan taqdirda                    - 2 (qoniqarsiz).

 

Chaqiriluvchilar tanlovda ishtirok etishi zarur va tanlovlarda ishtirok etish uchun Mirzacho‘l tumani mudofaa ishlari bo‘limiga shaxsini tasdiqlovchi xujjatlari bilan kelishi so‘raladi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар