Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » Qo‘mondon jizzaxlik yoshlar bilan uchrashdi 

Qo‘mondon jizzaxlik yoshlar bilan uchrashdi 

22 сентябрь 2023 йил
48
0

Markaziy harbiy okrugining Jizzax garnizonidagi harbiy qismda 100 nafar yoshlar ishtirokida o’tkazilayotgan 10 kunlik “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘ini davomida ishtirokchilarining harbiy qismda olgan taasurotlarini bilish va ular orasidan milliy armiyamiz saflarida qolish istagini bildirgan yoshlarga yangi imkoniyatlar yaratish hamda ularni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash maqsadida Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni bilan uchrashuv o‘tkazildi. 

Uchrashuvda okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Farrux Ziyabayev, Jizzax viloyati Ichki Ishlar boshqarmasi boshlig‘i general-mayor G‘ayrat Qodirov, viloyat hokimi o‘rinbosari Akmal Sovurboyev , Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi Murodbek Rahmonberdiyev hamda yig‘in ishtirokchilari qatnashishdi. 

Unda har bir rahbarlar o‘z xizmat faoliyati, hayotiy tajribalari va yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar xususida to‘xtalib, anashunday imkoniyatlar unumli foydalanib yurtimizni dunyoga tanitayotgan yoshlarni misol keltirishdi.

Shuningdek yoshlarga Qurolli Kuchlarda muddatli harbiy xizmatga borish va ishga qolish tartibi, oliy harbiy ta’lim muassasalarining imtiyozlari, shuningdek yurt himoyachilari erishayotgan yutuqlar yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tdi.

Ushbu ma’lumotlar esa, yig‘in davomida harbiy xizmatga qolish istagida bo‘lgan yoshlarni shijoatini oshirib ularni yanada ruhlantirdi. Ochiq va samimiy ruhda o‘tkan uchrashuv davomida birin ketin so‘zga chiqqan yoshlar, kasb-xunarga, tartib intizomga, tinchlikni va ota-onasini qadriga yetganligini va harbiy xizmatga qiziqishi ortganligini takidlab, buning barchasi uchun Davlatimiz rahbariga minnatdorchilik bildirishdi va kelajakdagi rejalarini so‘zlab berishdi. 

Uchrashuvda yoshlarning murojaatlari ham tinglandi va qo‘mondon milliy armiyamiz saflarida xizmat qilish istagini bildirgan yoshlarga imkoniyat berdi hamda yakunda “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘grisida”gi qonunga muvofiq harbiy guvohnoma olish istagi bilan murojaat qilgan paxtakorlik Akmal Yuldashov, forishlik Jamshid Elmurodov hamda Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi Hayotbek Orzuqulovlarga harbiy guvohnomlarni tantanali topshirdi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар