Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » Mirzacho`l tumanida sodir etilgan jinoyat yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Mirzacho`l tumanida sodir etilgan jinoyat yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

05 октябрь 2023 йил
142
0

Mirzacho`l tumanidagi O`zbek qozoq madaniyat markazida G`alaba MFYda sodir etilgan oilaviy zo'ravonlik jinoyati muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda Jizzax viloyat prokuraturasi, Mirzacho`l tuman prokuraturasi, tuman Ichki ishlar bo`limi rahbariyati, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi va uning tarkibidagi mahallalar, “G`alaba” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari, profilaktika inspektorlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 sentyabrdagi “Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 565-sonli Qaroriga asosan muhokama yig‘ilishi bo'lib o'tdi.

 

Yig'lishda sodir etilgan jinoyatning kelib chiqish sabablari va ularning sodir etilishiga imkon yaratib bergan shart-sharoitlarni atroflicha muhokama qilindi.
Muhokama yig'ilishida so'zga chiqqanlar oila turmush doirasida sodir etilgan bu jinoyatni yuzaga keltirgan sabab va omillarni atroflicha tahlil etishdi. Bunday salbiy holatlar qayta takrorlanmasligi uchun mahallaning mas'ul mutasaddilari ogohlik va hushyorlikni oshirishi lozimligi qayd etildi.
Mahalla beshligi “xonadonbay”, “fuqarobay” ishlarni amalga oshirishda bu fuqarolarning hayoti va turmush tarzi bilan qiziqmagani, faollar o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragani mudhish jinoyatni yuzaga kelishiga sabab bo‘lgani tanqid ostiga olindi.
Bugungi kunda jinoyat va huquqbuzarliklarning oqibati bilan emas, balki uni keltirib chiqarayotgan omillarga qarshi kurash va bartaraf etish, aholi orasida jinoyatlarni barvaqt oldini olish, jinoyatni jilovlash, har bir mahallada, eng avvalo, oilalarda jinoyatchilikka qarshi muhit yaratish degan ezgu g‘oyani shakllantirish dolzarb vazifa ekanligiga alohida urg‘u qaratildi.

 
Shuningdek, kichik nizolarga va o‘zaro tortishuvlarga guvoh bo‘layotgan paytda atrofdagilarning majburiyatlari, tinchlikni saqlash oldidagi vazifalari, zudlik bilan o‘sha xududda xizmat olib borayotgan profilaktika inpektoriga xabar qilish hamda boshqa bir qancha mavzularda so‘z yuritildi.
Bundan tashqari, har bir fuqaro bunday salbiy holatlarni sodir bo‘lishini tomashabin bo‘lib kuzatib turishi emas, balki uni oldini olishga chin dildan harakat qilishi shartligi, o‘zining ogohligi va hushyorligi bilan mas'ul ekanligi ta'kidlab o‘tildi.
Tuman imomi tomonidan muqaddas dinimizdagi jaxl chiqqanda o‘zini jilovlash, boshqa bir insonga qasddan zarar yetkazishning gunohi og‘ir ekanligi, ikki yoki undan ko‘proq insonlar orasida nizo chiqishini tashqaridan bila turib, bunga befarq bo‘lish ham katta ayb sanalishi xaqida so‘z olib borildi.

Maxalla raisi, nuroniylar va maxalla faollari ham ushbu holat borasida o‘zlarining fikr mulohazalarini bildirishib, kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligi uchun hamjihatlikda ish tashkil qilishlarini ta'kidlab o‘tishdi.

Darhaqiqat, fuqarolarning kundalik tashvishi va maishiy muammolari bilan shug‘ullanishi lozim bo‘lgan mahalla beshligi ogoh va hushyor ish olib borib, nazoratsiz shaxslar turmush tarzi bilan shug‘ullanganida bu jinoyatning oldi olinardi.

 
Holat bo‘yicha mutasaddilardan izoh so‘ralib, har bir mahalla faollari o‘z ishini jonlantirishi, zimmasidagi masʼuliyatni his etgan holda faoliyat olib borishi, “G`alaba” mahalla fuqarolar yig‘ini beshligi zimmasiga kelgusida bu kabi jinoyatlarning oldini olish borasida aniq manzilli vazifalar yuklandi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар