Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » Hakamlik muhokamasi bilan bog‘liq ishlarning iqtisodiy sudlarda ko‘rishning mazmun mohiyati

Hakamlik muhokamasi bilan bog‘liq ishlarning iqtisodiy sudlarda ko‘rishning mazmun mohiyati

30 ноябрь 2023 йил
178
0
Hakamlik sudlari tomoidan nizolarni hal etish asrlar davomida shakillangan tajribalarga tayanadi.
Aytish mumkunki, Hakamlik sudlarining ixtiyoriylik, Taraflarning teng huquqliligi, hakamlik sudyalarining holisligi, odilligi tamoyillariga og‘ishmay amal qilishi o‘zoro hamkorlikni saqlab qolishga erishish, maxfiylik kabi prinsiplarga aoslangani sababli unga murojat etuvchilar soni ortib bormoqda,
Iqtisodiy sudlarning hakamlik muhokamasi bilan bog‘liq ishlar jumlasiga:
- da’voni ta’minlash yuzasidan choralar ko‘rish to‘g‘risidagi arizalar bo‘yicha ishlar;
- hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi arizalar bo‘yicha ishlar;
- hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqalari berish to‘g‘risidagi arizalar bo‘yicha ishlar kirishi ko‘rsatilgan.
Hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining iqtisodiy sudga taalluqli nizoga doir hal qiluv qarori yuzasidan ushbu qarorni olgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida iqtisodiy sudga hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish haqida ariza berish yo‘li bilan nizolashishi mumkin.
Hakamlik sudining iqtisodiy sudga taalluqli nizoga doir hal qiluv qarori yuzasidan huquqlari va majburiyatlari haqida hakamlik sudi hal qiluv qarorini qabul qilgan, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslar ham nizolashishi mumkin.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risida ariza berilganligi nizo bo‘yicha ish yuritish iqtisodiy sud tomonidan tugallanguniga qadar hakamlik sudi hal qiluv qarorining ijrosi bo‘yicha ish yuritishni to‘xtatib turadi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudya tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.
Sudya ishni hakamlik muhokamasi tarafining iltimosnomasiga binoan sud muhokamasiga tayyorlayotganda iqtisodiy sudda nizolashilayotgan hal qiluv qaroriga oid ish materiallarini hakamlik sudidan ushbu Kodeksda dalillarni talab qilib olish uchun nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha talab qilib olishi mumkin.

Қурбанов Исомиддин Бахриддинович
Дўстлик туманлараро иқтисодий суди раиси
скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар