SAYYOR QABUL: MUROJAATLAR JOYIDA HAL ETILDI
Mirzacho'l tuman hokimi hamda Xalq qabulxonasi hamkorligida aholi muammolarini o‘rganish va uni hal etish maqsadida navbatdagi sayyor qabulni tumanning 2-sektor hududidagi “Mirzadala” mahallasida o‘tkazildi.
Mahallada o‘tkazilgan navbatdagi sayyor qabulda tegishli korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari, mahalla mutasaddilari ishtirok etdi.
Sayyor qabulda moddiy yordam, subsidiya, kredit, davolanish, uy joy ta'miri, ichki yo'llarni obod qilish va boshqa masalalarda fuqarolar murojaatlari tinglandi.
Tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi, qonuniy tomondan yondashilib, har bir murojaat uchun mas’ul rahbarlarga topshiriqlar berildi.
Qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etadigan murojaatlar tegishli tashkilotlar rahbarlariga topshirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Mirzacho'l tuman hokimligi
Axborot xizmati