Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44

Onalar bilan suhbatlar o‘tkazildi

12 март 2024 йил
115
0

 Mirzacho‘l tuman MMTBga qarashli 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2024 yil 12 mart kuni Mirzacho‘l tumani hokimi hamda biriktirilgan hodimlarning 2024 yil mart oyi davomida umumta’lim maktablarida tarbiya va davomat masalalarida "Onalar bilan suhbatlar o‘tkazish" reja jadvali asosida davra suhbati tashkil etildi. Ahamiyatlisi,  ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini ochiq-oydin bayon etishdi. Maktab-ota-ona- o‘quvchi o‘rtasida tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kerak. Farzand kelajakda qaysi kasbni tanlaydi, shunga qarab uning o‘qishini belgilash lozim. Kerak bo‘lsa, qo‘shimcha adabiyotlarni ham olib beraylik. Uning qiziqishi bundan ham oshib boraversin.

- Ma’naviyat-ma’rifat yuksalgan joyda har doim ham ijobiy siljish bo‘lgan,- dedi so`z olgan maktab mas`ullari.- Keyingi paytlarda o‘quvchilarimizning turli tanlovlarda, sport musobaqalarida yaxshi ishtirok etayotganligi tahsinga loyiq. Lekin meni o‘ylantiradigani boshqa narsa. Telefon degan narsa chiqib, bir balo bo‘ldi. Kimga qaramang, qo‘lida telefon. To‘g‘ri, uni ishlatish kerak. Faqat o‘z o‘rnida bo‘lsin-da. Indamasang, ertalabdan kechgacha internetini titkilab o‘tiradi. Ayting, hurmatli ota-onalar bundan nima foyda?. O‘zi maktab o‘quvchisiga bu matohning nima keragi bor? Shuning o‘rniga kitob o‘qisa yaxshi emasmi?  
Yig‘ilish qizg‘in savol javoblan bilan yakunlandi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар