Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 2 fevraldagiO‘RQ-903-sonli Qonuni mazmun-mohiyati haqida

O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 2 fevraldagiO‘RQ-903-sonli Qonuni mazmun-mohiyati haqida

21 март 2024 йил
22
0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024 yil 2 fevral kuni “Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to'g'risida”gi Qonun imzolandi.

Qonun bilan tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish sohasidagi asosiy prinsiplar, sohani davlat tomonidan tartibga solish, tuproq unumdorligini oshirish asoslari va tartibi belgilandi.

Qishloq xo'jaligi vazirligi tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.

Yer egalari Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutidan o'ziga tegishli yer uchastkasidagi tuproqning sifatini baholash to'g'risida axborot olish huquqiga ega.

Yer egalari shaharsozlik faoliyatini, geologik qidiruvni va foydali qazilmalarni qazib olishni, shuningdek qishloq xo'jaligiga oid bo'lmagan boshqa faoliyatni amalga oshirishda tuproqning mavjud unumdor qatlamini sidirib olishi va saqlashi shart.

Sidirib olingan tuproqning unumdor qatlamini qurilish tashkilotlari hokimliklar tomonidan belgilangan joylarga saqlash uchun olib chiqadi.

Tuproqning unumdor qatlami sidirib olinmaganligi va saqlanmaganligi fakti aniqlanganda, yetkazilgan zararning o'rni mahalliy byudjetga qoplanadi. Mazkur pul mablag'laridan qishloq xo'jaligida foydalanilmayotgan sug'oriladigan yerlarni foydalanishga kiritish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun foydalaniladi.

Tuproqni o'rganish Qishloq xo'jaligi, Suv xo'jaligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirliklarining vakolatli tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.

 

Muxammadi Jo`rayev

Jinoyat ishlari bo`yicha

Mirzacho`l tuman sudi raisi

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар