Xalq deputatlari tuman Kengashining ellik to'qqizinchi sessiyasi oʻtkazildiXalq deputatlari tuman Kengashining ellik to'qqizinchi sessiyasi oʻtkazildi
Sessiya kun tartibida:
Tumanda "Ayollar daftari”ning 5-bosqichini tasdiqlash;
Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosarining 2024 yil fevral oyida tumanda jamoat xavfsizligi hamda yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlash borasidagi ishlari;
Hududdagi ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, tumanda yerlardan oqilona va samarali foydalanish holatini o‘rganish, bu borada mahalliy Kengashlar tomonidan nazorat qilish samaradorligini yanada oshirish;
2024 yil fevral-mart oylarida mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyati natijadorligi va boshqa eng muhim masalalar ko'rib chiqildi.
Sessiya ishida kengash deputatlari, hokim oʻrinbosarlari va mutasaddi rahbar va xodimlar ishtirok etishdi.