Yosh oilalarga sertifikatlar topshirildi...
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 820-sonli qaroriga asosan Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanidagi yangi hayot bo‘sag‘asiga qadam qo‘yish arafasidagi yosh kelin-kuyovlar "Yoshlarni yangi hayotga tayyorlash markazi" tomonidan 3 kun davomida o‘qitilib, sertifikat bilan taqdirlandilar.
Darslarni tuman hokimi o‘rinbosari D.Mavlonova, tuman "Oqila ayollar" harakati yetakchisi B.Amanova, tuman DXM bo‘lim boshlig‘i N.Ibragimov, tuman FXDYO bo‘limi mudirasi G. Umrzaqova, Do‘stlik mahallasi patronaj hamshirasi Z.Begimovalar olib bordilar. Darslar juda qiziqarli savol-javobga boy tarzida olib borildi.
O‘quv yig‘ini oxirida o‘quv kursini muvaffaqiyatli bitirgan yangi hayot bo‘sag‘asiga qadam qo‘yish arafasidagi 10 ta juftlikka sertifikat va yon daftarchalari topshirildi.