Tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi
Mirzacho'l tumanida tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash orqali aholi bandligini ta'minlash va daromadli mehnatga jalb qilish bo'yicha tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda AJ "O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy Banki" Boshqaruvi Raisining o‘rinbosari Jalilov Bahodir Amiralievich, "O‘zsanoatqurilishbank" ATB Boshqaruv Raisi o'rinbosari Yusupov Shaxzod Maxmatmurodovich, Mirzacho'l tuman hokimi Mirzaqulov Botir Kazakboyevichlar ishtirok etishdi.
Muloqotda yurtimizda yaratilayotgan ishbilarmonlik muhiti, yaratilayotgan qulayliklar, ulardan samarali foydalanish to‘g‘risida so‘z bordi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar tadbirkorlik, hunarmandchilik faoliyati bilan bog‘liq o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soxa vakillaridan kerakli javoblarni oldilar.