TOMORQA DAROMAD MANBAI
Xalqimiz azaldan yerga mehr berib, nafaqat o‘z ro‘zg‘orini, balki el-yurt dasturxonini ham to‘kin qilib kelgan. Tomorqaga berilgan “koni foyda”, “daromad manbai”, “yetti xazinaning biri” kabi ta’riflar bejiz aytilmagan.
Mirzacho‘l tumanida bugun 4-aprel kuni tuman hokimi va sektor rahbarlari, qishloq xo‘jaligi mas’ullari bilan birgalikda 2-sektor hududidagi “Yerjar” mahallasidagi Qahhor aka Shamsiyev xonadonidagi tomorqa va issiqxona faoliyatini samarali yo'lga qo'yish yuzasidan mahalla aholsini jalb qilgan holda namunaviy seminar tashkil qilindi.
Seminarda nafaqat oila daromadiga daromad qo’shishda, balki el-yurt farovonligini ta'minlashda ham yerdan unumli foydalanish muhim omil hisoblanishi ta'kidlandi.
Zero, har bir qarich unumdor yerni qadriga yetsak, dasturxonimiz to’kinligini hamda bozorlarimizda arzonchilikni ta'minlashga o’z xissamizni qo’shgan bo’lamiz