Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » 2024-YILGI XUSUSIYLASHTIRISH DASTURI (247- TA AKSIYA+1028 TA KO’CHMAS MULK+12 TA IPO)

2024-YILGI XUSUSIYLASHTIRISH DASTURI (247- TA AKSIYA+1028 TA KO’CHMAS MULK+12 TA IPO)

02 май 2024 йил
52
0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi.

Birinchidan, qaror bilan quyidagilar tasdiqlanmoqda:

  1. 247 ta korxonadagi davlat aksiya paketlari (ulushlari) ommaviy savdolarga chiqariladi;
  2. 1028 ta koʻchmas mulk obyekti ommaviy savdolarga chiqariladi;
  3. 12 ta yirik korxonadagi davlat ulushlarining mahalliy fond bozorida birlamchi (IPO) va (yoki) ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifi oʻtkaziladi;

(Oʻzbektelekom, Oʻzbekgidroenergo, Olmaliq KMK, Oʻzbekgeologiyaqidiruv, Oʻzbekgeofizika - 2 foizdan; Tovar-xomashyo birjasi - 2,4 foiz; Temiryoʻlkargo, Oʻztemiryoʻlkonteyner - 4 foizdan; “Toshkent” RFB (Respublika fond birjasi), Oʻzbekiston pochtasi, UzAuto Motors Powertrain, Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish - 5 foiz).

Ikkinchidan, davlat aktivlarini sotishni jadallashtirish va iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish maqsadida quyidagilar belgilanmoqda:

  1. davlat aktivlari 3 oyda sotilmaganda (Toshkent shahri va viloyat markazlari bundan mustasno) ularning boshlangʻich bahosining 10 foizigacha bosqichma-bosqich pasaytiriladi;
  2. 2024-yil 1-yanvargacha ijara shartnomalari asosida ijaraga olganiga kamida5 yil boʻlgan va majburiyatlarni bajargan tadbirkorlarga xususiylaytirish dasturlariga kirgan davlat mulkini baholangan qiymatda toʻgʻridan-toʻgʻri sotib olish huquqi beriladi;
  3. davlat koʻchmas mulkini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olgan xaridorlar tomonidan yer va mol-mulk soliqlariushbu obyektlar uchun to'langan mablag'larga proporsional ravishda hisoblanadi.

Uchinchidan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini sotishni tezlashtirish maqsadida quyidagi tartib oʻrnatilmoqda:

  1. yer uchastkalari (Toshkent shahri va viloyat markazlari bundan mustasno)3 oyda sotilmaganda, boshlangʻich qiymatining 30 foizigacha6 oyda sotilmaganda – 10 foizigacha pasaytiriladi va toʻlovlarining 15 foizini oy muddatda, qolgan qismini 10 yilgacha muddatda boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi;
  2. 4 va 5-toifadagitumanlarda joylashgan davlat aktivlari va mulk huquqi asosida sotib olingan yer uchastkalari boʻyicha toʻlovlar 5 yil ichida teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlanadi. Yer uchastkalarini sotib olganda ularni garovga qoʻyish uchun talab etiladigan amaldagi 35 foiz toʻlov miqdori 15 foizga tushirilmoqda.

 

Ushbu qaroro bilan ommaviy savdolar qatnashish uchun axoliga qulaylik yaratish maqsadida Toshken RFB savdo maydonchasida xamda ushbu usullarga qo‘shimcha  ‘E-auksion”  elektron savdo platformasi va xamda uning mobil ilovasidan foydalangan xolda amalga oshiriladi.

Bunda e-auksion  elektron savdo platformasi, barcha investisiya vositachilari va ularning mijozlari uchun shaxsiy kabinentlarini yaratish orqali buyurtmalarni real vaqt rejimida qabul qilish investorlarni indefikatsiya qilish investisiya vositachilari bilan tegishli shartnoma tuzish, depo hisob varag‘ining ochishda teng imkoniyatlar ta’minlanadi.

 

M.Anarboyev

Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish AJ

Jizzax viloyati vakili                                         

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар