Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » “DXX kubogi” tuman bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

“DXX kubogi” tuman bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

31 май 2024 йил
121
0

Mirzacho'l tumanida futbol va mini futbol boʻyicha "DXX kubogi" bahslarining final uchrashuvlari yakunlandi

Bugun tuman Madaniyat markazida sportning futbol va mini futbol turlari boʻyicha qizlar va o'g'il bolalar o‘rtasida "DXX kubogi"da final oʻyinlari musobaqasining tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Mirzacho'l tuman hokimi B.Mirzaqulov, DXX vakillari, sektor rahbarlari tomonidan gʻolib jamoalarga hamda faol ishtirokchilarga kubok hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.

Mahalla yoshlarini yashil maydonda kuch sinashga undagan, unutilmas voqealarga boy boʻlgan musobaqada faxrli oʻrinlarni egallagan futbolchi yoshlar musobaqaning viloyat bosqichida ishtirok etib, tumanimiz sharafini himoya qilishadi.

“Davlat xavfsizlik xizmati” kubogi doirasida mahallalardagi 16-30 yoshdagi o‘g‘il bolalar o‘rtasida “Katta futbol” va “Mini futbol”, qizlar o‘rtasida “Mini futbol” turlari bo‘yicha musobaqalarning tuman bosqichida ishtirok etgan 12 ta mahallalardan shakllangan 28 ta jamoalardan g'olib 9 ta jamoa a’zolariga sport kiyimlari, sport anjomlari, zamonaviy TV, changyutgichlar, planshetlar hamda diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Taqdirlash marosimi tumanimizning Madaniyat bo'limi xonandalari ishtirokidagi konsert dasturi bilan davom etdi.

 

Ta’kidlash lozimki, “millionlar o‘yini” nomini olgan ushbu sport turini mamlakatimizda rivojlantirish ishlariga hissa qo‘shish, joylarda yangi-yangi iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni futbolga faol jalb etish maqsadida DXX kubogi musobaqalari yurtimizdagi barcha o‘g‘il-qizlarni keng qamrab olmoqda.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар