Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44

Ta’lim islohotlari amalda

27 ноябрь 2024 йил
24
0

Yildan yilga taʼlim sohasidagi islohotlar oʻz natijasini koʻrsatmoqda. Hususan tumanimizda ham talʼlim sohasidagi oʻzgarishlar oʻz natijasini bermoqda.

2024- yilda jami 3 ta ta’lim muassasalarda qurilish, ta’mirlash va jihozlash ishlari olib borildi. (Shundan,1 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida, 1 ta ixtisoslashtirilgan maktab, 1 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida) Ushbu maqsadlar uchun jami 40.5 mlrd.so‘m mablag‘ ajratildi.

Mirzacho‘l tumani bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini 92.0 foizga yetkazilmoqda;

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarini menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish tashkil etildi.

Umumta’lim maktablari o‘qituvchilari va o‘quvchilarini mahalliy va xalqaro ommaviy ochiq onlayn kurslarda (“Yosh dasturchi” (code.org), “Bir million o‘zbek dasturchilari” va boshqalar) o‘qitiladi.

2024 yilda respublika mablag‘lari hisobidan 5 ta umumta’lim maktablariga 80 ta, mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 1 ta umumta’lim maktablariga 16 dona zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan va amalga oshmoqda. O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda maktabni tamomlagandan so‘ng ularning bandligini ta’minlash yuzasidan hokim, ota-ona va maktab direktori o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuzish joriy etilmoqda. 2024/2025 o‘quv yilidan 2 ta
Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘qitish va baholash tizimi joriy etilgan maktablarning har biriga 3 tadan maktab biriktirilib, yangi tizimning qamrovini kengaytirish choralari ko‘riladi hamda baholash tizimi samarali tashkil etilgan maktablarga 40 foizgacha ustama berish tizimi joriy etiladi. 2024/2025 o‘quv yilidan 10-11 sinflarda tanlov fanlari asosida o‘qitish tajribasi joriy etilgan maktablar soni oshiriladi;
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida malaka oshirish tizimi muvofiqlashtirilib, pedagoglar malakasi tabaqalashgan holda oshirish tizimi joriy etiladi;

Umumta’lim muassasalari pedagoglariga malaka toifasini berishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi;

Barcha davlat umumta’lim maktablarida «Vatan tayanchi» otryadlari faoliyat yuritishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratiladi va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda«Vatan tayanchi» otryadlarining faoliyati doirasida tegishli tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha davlat umumta’lim maktablari o‘quvchilarining ijtimoiy faolligi oshirish choralari ko‘riladi;

O‘quvchi yoshlar ongida ma’naviy immunitetni mustahkamlash maqsadida buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, harbiy vatanparvarlik hamda buyuk ajdodlar jasoratini targ‘ib etish, o‘rganish, ularning sharafli faoliyatini doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Sadriddinov Zafar

Mirzacho‘l tuman maktabgacha
va maktab bo‘limi boshlig‘i

 

Manba: "Mirzacho`l ziyosi" gazetasi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар