“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!”
Yurtimiz bo‘ylab sayohatga chiqish yurt o‘tmishi haqidagi bilimlarni mustahkamlaydi, buyuk ajdodlar qoldirgan tarixiy-madaniy meroslar bilan yaqindan tanishish, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish imkonini beradi. Mirzacho‘l tuman hokimi Botirjon Mirzaqulov tashabbusi bilan tumanda tashkil etilgan Til o‘rganish markazi o‘quvchi yoshlari hamda bir guruh nuroniy otaxon-u - onajonlar, jami 240 nafar sayohatchilar “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida ko‘hna Samarqand shahriga sayohat qilishdi. Dasturiga muvofiq xodimlar mahobatli
Registon maydoni, buyuk sarkarda Amir Temur maqbarasi, Bibixonim madrasasi, buyuk olim va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Xo‘ja Doniyor maqbarasi, Shohizinda majmuasi kabi tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishdilar. Sayohatchilar tarixiy obidalar arxitekturasi, ulardagi naqshinkor bezaklar, ganchkorlik namunalarini tomosha qilishar ekan, ilm-fan rivojidagi qudrati va donishmandligi, insoniyat taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasiga yana bir bora amin bo‘lishdi. Ayniqsa, yoshlar darslarda o‘rgangan bilimlarini xorijlik mehmonlar bilan suhbatlashib, amaliyotda sinab ko‘rishdi. Jahon durdonalaridan biriga aylangan Samarqand shahriga sayohat barchada katta taassurot qoldirdi.
Bundan tashqari ayni o‘sha kuni Samarqandda Respublika Yoshlar agentligi direktori va senator Alisher Sa’dullayev va yoshlar uchrashuvida bizning Mirzacho‘llik yoshlarimiz ham ishtirok etishdi. Tumanimizda yoshlar uchun qilinayotgan imkoniyatlar, til o‘rgatish markazlari faoliyati va yutuqlari haqida suhbatlashishdi va Alisher Sadullayevni Mirzacho‘lga taklif etishdi.
Mirzacho‘l tuman hokimining axborot xizmati