Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » Kitob qanday tanlanadi?

Kitob qanday tanlanadi?

12 ноябрь 2024 йил
33
0


Eng ko‘p so‘raladigan savol bu “Qaysi kitobni o‘qishni tavsiya qilasiz?” degan savoldir. Bu savolga aniq javob berib bo‘lmaydi. Sabablari ko‘p. Masalan:

  1. Kitob kitobxonni yoshiga qarab tanlanadi.

    4-5 sinfni tugatgan o‘quvchiga eng mashhur jahon bestseller romanlarini tavsiya qilsangiz xato qilgan bo‘lasiz.Chunki u yoshdagi bolalarning aksariyati endi ertaklar olamidan kichik hikoyalar dunyosiga o‘tayotgan bo‘ladi.

   Xuddi shuningdek, yoshi 50-60 yoshga yetib, hayotning past-u balandliklarini bosib o‘tgan insonga ba’zida hikoyalardan ko‘ra, diniy, yoki xalqaro siyosiy mavzulardagi kitoblar qiziq bo‘lishi mumkin.

  1. Kitob kitobxonni dunyoqarashi, qiziqishiga qarab tanlanadi. Asarlarni janri turli mavzuda. Kimdir sarguzasht asarlarga qiziqsa, kimdir detektiv izquvarlar haqidagi kitoblarni mazza qilib o‘qiydi. Kimgadir avtobiografik ya’ni qaysidir milliarder hayoti haqidagi kitoblar yoqadi. Yoshi katta insonlarga islomiy, diniy, payg‘ambarimiz hayotlari, sahobalar qilgan ulug‘ ishlar haqidagi kitoblar ko‘proq qiziq bo‘lishi mumkin.
  2. Kitob kitobxonni sohasiga qarab tanlanadi. Biznes sohasida ishlaydiganlar uchun aynan shu sohaga oid kitoblar qiziq. Yoki ba’zi kitobxonlarga psixologik, ruhiy motivatsiya beradigan mazmunda yozilgan asarlar yoqadi. Uy bekalari uchun qiziqishiga qarab pishiriqlar tayyorlanishi haqidagi kitoblar, yoki bola tarbiyasi haqidagi kitoblar tanlanadi.
  3. Ayni mashg‘ul bo‘lib turgan ishiga qarab tanlanadi. Bu toifa masalan abituriyent bo‘lishi mumkin. Ularga oliygohga kirishga yordam beradigan test kitoblari, yoki o‘rganayotgan fanini yanada oson va chuqurroq o‘rgatadigan kitoblar tavsiya etiladi. Bundan tashqari IELTS yoki boshqa xalqaro sertifikat olmoqchi bo‘lganlarga shu yo‘nalishdagi eng yaxshi kitoblar tanlanadi. Umuman olganda kimgadir kitob sovg‘a qilmoqchi bo‘lganlar, yuqoridagi jihatlarni hisobga olgan holda kitob tanlasa, sovg‘ani olgan kitobxon albatta xursand bo‘ladi.


 Xo‘sh, sizga qanday kitoblar yoqadi?

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Uygʻonish toʻplami kitobxon nigohida
26 ноябрь 2024, Вторник
Uygʻonish toʻplami kitobxon nigohida
KELAJAK KITOB BILAN
23 ноябрь 2024, Суббота
KELAJAK KITOB BILAN
KELAJAK KITOB BILAN
23 ноябрь 2024, Суббота
KELAJAK KITOB BILAN
"Kitoblar targ'iboti"
27 май 2024, Понедельник
"Kitoblar targ'iboti"
Ma'naviyat marafoni
13 ноябрь 2023, Понедельник
Ma'naviyat marafoni
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар