Qasamyodini unutmagan shifokorimiz…
Shifokorlik – sharafli va mashaqqatli kasb. Shu bois, insonlar dardiga darmon bo‘lib, ularning sog‘lom hayotga qaytishiga sababchi bo‘layotgan fidoyi tibbiyot xodimlariga xalqimiz hamisha hurmat-ehtirom ko‘rsatadi. Tumanimizda ham ushbu sharafli kasb egalarini e’zozlaydi, ardoqlaydi. Shifokor mutaxassis, odamlarni davolaydigan va turli kasalliklarning paydo bo'lishining oldini oladi, maxsus bilim va ko‘nikmalarga asoslanadi. Shifokorlik kasbi eng zarur va insonparvardir, chunki hayotdan qimmatliroq narsa yo'q. Inson taqdirlari bu kasbdagi odamlarning faoliyatiga bog'liq. Ba'zida qaror qabul qilishda eng kichik kechikish bemorda halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Inson o‘z sog‘lig‘i uchun jon kuydiradi ammo ushbu kasb egalari boshqalarning dardiga darmon bo‘luvchilardir. Ushbu sohada faxr ila 45 yildan buyon to‘xtovsiz faoliyat yuritish esa alohida tahsinga sazovor. 1955-yil 19-noyabrda Qozog‘iston Respublikasi Chimkent viloyatida tug‘ilgan shifokorimiz Umarov Muxtar Mahmudovich 1992- yildan buyon Mirzacho‘l tuman tibbiyot birlashmasi Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi stomatolog shifokori bo‘lib faoliyat yuritib kelmoqda. Dastlab Umarov Muxtar Mahmudovich 1979-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutida stomatologiya yo‘nalishini tamomlagan. Oliygohni tamomlagach 1979-yil Jizzax viloyat kasalxonasida shifokor internat bo‘lib ish boshlagan. So‘ngra 1980-yildan Mirzacho‘l tuman markaziy kasalxonasi stomatologiya poliklinikasi shifokor stomatolog bo‘lib faoliyat yuritadi. Muxtar Mahmudovich otasining vafotidan so‘ng 1988-yil Do‘stlik tumaniga ko‘chib o‘tadi va o‘zining sevimli kasbini Do‘stlik tuman markaziy kasalxonasida shifokor stomatolog bo‘lib davom ettiradi. Muxtar Mahmudovichni 1992-yil Mirzacho‘l tuman markaziy kasalxonasi stomatologiya poliklinikasiga shifokor yetishmovchiligi tufayli yana qayta o‘zining ko‘p yillik mehnati singan joyiga viloyatning topshirig‘iga asosan qaytarishadi. Muxtar Mahmudovich sal kam yarim asrdan buyon umrini shu kasbga bag‘ishlayotgan qahramonlardan biri bo‘lib shu davr ichida minglab insonlarning dardiga shifo topgan va yuzga yaqin shogirdlarni kamol topishiga o‘z hissasini qo‘shgan. 2021-yil O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yillik munosabati bilan ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Muxtor Mahmudovichga beminnat va fidoiy mehnatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz hamda kelgusidagi ishlariga rivoj tilab qolamiz.
Xundiboyev Murodjon
Mirzacho‘l sadosi MCHJ rahbari