PREZIDENT QARORI IJROSINI TA’MINLASHGA BAG‘ISHLANDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-sonli qarori 7-ilovasi bilan “Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish doirasida Jizzax viloyati va tumanlarini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha ustuvor loyihalar ro‘yxati” tasdiqlangan hamda ushbu ro‘yxatning 18-bandiga asosan hududlarda IT-industriya va startaplarni rivojlantirish maqsadida tadbirlar tashkil qilib borish vazifasi belgilab berilgan.
Mazkur vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida, Mirzacho'l tumanidagi 18-umumta'lim maktabi faollar zalida IT-industriya va innovatsion startap loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Mirzacho'l tuman hokimligi axborot xizmati